Rasman: “Bunyodkor” stadioni “Milliy stadion”ga aylantirildi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:23 – Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi 
  • 18:21 – Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi 
  • 18:20 – Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi "CHelsi"ni sotib olmoqchi 
  • 18:19 – Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasiga chaqirildi 
  • 18:18 – Pochettino: "Barselona" MYUdan bir bosh ustun" 
  • 18:18 – Aspilikueta: "CHelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman" 
  • 18:17 – Messi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi 
  • 18:16 – Zidan Sadio Maneni "Real"da ko'rmoqchi 
  • 18:15 – Zidan qaytganiga qaramasdan Varan "Real"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 
  • 18:14 – Omar Momanidan yangi karikatura: Sehrgar Messi 

Rasman: “Bunyodkor” stadioni “Milliy stadion”ga aylantirildi

O'zbekiston futbol associaciyasi “Bunyodkor” stadionini tashkilot Ijroqo'mi qaroriga ko'ra “Milliy stadion” deb nomladi.
Unda O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari o'zining uy uchrashuvlarini o'tkazish belgilab qo'yilgan. “Milliy stadion”, shuningdek, O'zbekiston Kubogining yuqori bosqichli o'yinlariga, xalqaro darajadagi futbol uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. U mamlakatning bosh arenasiga aylanadi.

O'FA stadionga muxlislarni jalb qilish ustida ish olib boradi. Ishqibozlar faqatgina futbol uchrashuvlari vaqtida emas, qolgan kunlarda ham stadion atrofida erkin sayr qilishlari, ko'ngil yozishlari uchun bosqichma-bosqich sharoitlar yaratiladi. Stadion muxlislarga yaqinlashish yo'lidan yuradi.

Stadionga tutash hududda barpo etilgan futbol akademiyasi esa O'zbekiston futbol associaciyasiga qarashli akademiyaga aylantiriladi. Sir emaski, rejaga ko'ra yaqin vaqt ichida O'zbekistonning 14 ta hududiy birligida 1 tadan bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari ish boshlaydi. Mazkur akademiyalarni esa O'FA qoshidagi respublika futbol akademiyasi birlashtirib turadi. Yani, hududiy akademiyalarning eng oldi futbolchilari respublika futbol akademiyasiga qabul qilinadi.
Rasman: “Bunyodkor” stadioni “Milliy stadion”ga aylantirildi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram