Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Italiya futbol federaciyasi mutaxassislari 15 iyul kuni poytaxtimizga tashrif buyurishadi

O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar futbol associaciyalari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yib kelmoqda.
O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bir qator mamlakatlar futbol rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazib, xorijiy mamlakatlar tajribasini yurtimizda ham yo'lga qo'yish borasida ko'plab islohotlarni amalga oshiryapti.

Ana shunday chora-tadbirlar natijasida Italiya futbol associaciyasi bilan ham hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Jumladan, Italiya murabbiylari associaciyasi prezidenti va Italiya futbol federaciyasi murabbiylar maktabi rahbari Renco Uliveri O'FA bilan hamkorlik qilish, o'zbekistonlik murabbiylar salohiyatini oshirish hamda O'zbekistonda futbolning rivojiga hissa qo'shishga tayyor ekanini malum qilgan.

Janob Uliveri hamda Italiya futbol federaciyasining Yoshlar sektori texnik koordinatori Stefano Bonakkorso shu yilning 15-23 iyul kunlari O'zbekistonga tashrif buyurib, yurtimizdagi bolalar futboli murabbiylari uchun mashg'ulot o'tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko'rish masalalari bo'yicha o'quv kurslari o'tishadi.
Italiya futbol federaciyasi mutaxassislari 15 iyul kuni poytaxtimizga tashrif buyurishadi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar