Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Janubiy Koreya prezidenti Shavkat Mirziyoevni O'zbekiston OTJ finalga chiqqani bilan tabrikladi

"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 yanvar` kuni Koreya
Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi", - deya
xabar bermoqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.

"Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Prezident Mun Chje Inni tug'ilgan kuni bilan
samimiy qutlab, uning O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi
do'stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o'zaro manfaatli
hamkorlikni mustahkamlashga qo'shayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

2017 yilning noyabr` oyida Seul shahrida bo'lib o'tgan tarixiy ahamiyatga ega oliy
darajadagi samarali uchrashuv va muzokaralar ko'p qirrali o'zaro aloqalarni
rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani hamda ikki tomonlama munosabatlarga
aniq amaliy mazmun baxsh etgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezident Mun Chje In Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga tabrik va ezgu tilaklar
uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O'zbekiston Prezidenti timsolida O'zbekiston
– Janubiy Koreya hamkorligini har tomonlama mustahkamlash borasida haqiqiy do'st,
maslakdosh va hamfikrga ega bo'lganini alohida ta'kidladi.

Koreya Respublikasi rahbari, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoevning zamonaviy
O'zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini yuksak
baholadi. O'zbekiston va Janubiy Koreyada amalga oshirilayotgan islohotlar va
o'zgarishlarning yangi bosqichi muhim vazifalari va ustuvor maqsadlariga ko'ra
mushtarak ekani qayd etildi.

Muloqotda ikki mamlakat rahbarlari O'zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligini
yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi, mintaqaviy va xalqaro
dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashdi.

Janubiy Koreyaning ilg'or tajribasi, ilm-fan yutuqlari va texnologiyalarini
O'zbekistonda sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish, ijtimoiy sektorni
rivojlantirishga faol jalb qilishga alohida e'tibor qaratildi.

Koreya Respublikasi Prezidenti ko'p millatli O'zbekiston xalqini shu kunlarda Xitoy
Xalq Respublikasida bo'lib o'tayotgan futbol bo'yicha Osiyo chempionatida yoshlar terma
jamoamiz ko'rsatayotgan ajoyib o'yin va jamoamiz musobaqa finaliga chiqqani bilan
samimiy qutladi.

O'z navbatida, O'zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi rahbariyati va xalqiga
Pxyonchxanda tashkil etiladigan va jahon sporti tarixiga kiradigan, haqiqiy do'stlik
va o'zaro anglashuv bayramiga aylanadigan qishki Olimpiya o'yinlari muvaffaqiyatli
o'tishini chin dildan tiladi.

Muloqot so'ngida davlat rahbarlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o'rtasidagi ko'p
asrlik do'stlik rishtalari va an'anaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama
rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladilar", -
deyiladi xabarda.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar