Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

"Atletiko" hujumchisi Rossiyaga yo‘l olishi mumkin

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi “Atletiko” yarim himoyachisi Nikolas Gaytanning transferi borasida madridliklar bilan muzokaralarni boshladi.

TyC Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 29 yoshli futbolchini 25 mln evroga sotishni rejalashtirishmoqda. Boisi, ular Gaytan uchun 2016 yil “Benfika”ga aynan shuncha mablag‘ to‘lashgan edi.

Argentinalik jurnalist Luis Fregossi tarqatgan xabarga qaraganda Gaytan allaqachon “Zenit”ga o‘tishi uchun “Atletiko” bilan kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, piterliklar uchun bu Madrid klubidan sotib olingan birinchi argentinalik futbolchi emas. Boisi, ular o‘tgan yilning yozida Matias Kranevitterni ham aynan “Atletiko”dan sotib olishgan edi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar