Umid Ahmadjonov: "Biz mehr ulashishimiz lozim bo'lgan bolalar, butun xalqqa quvonch ulashdi" » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:23 – Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi 
  • 18:21 – Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi 
  • 18:20 – Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi "CHelsi"ni sotib olmoqchi 
  • 18:19 – Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasiga chaqirildi 
  • 18:18 – Pochettino: "Barselona" MYUdan bir bosh ustun" 
  • 18:18 – Aspilikueta: "CHelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman" 
  • 18:17 – Messi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi 
  • 18:16 – Zidan Sadio Maneni "Real"da ko'rmoqchi 
  • 18:15 – Zidan qaytganiga qaramasdan Varan "Real"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 
  • 18:14 – Omar Momanidan yangi karikatura: Sehrgar Messi 

Umid Ahmadjonov: "Biz mehr ulashishimiz lozim bo'lgan bolalar, butun xalqqa quvonch ulashdi"

MOQ prezidenti hamda O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan Jahon CHempionatini g'olib sifatida yakunlagan o'zbekistonlik yosh futbolchilarni tabrikladi.
“O'zbekistonlik sportchilarning xalqaro maydonlardagi mardonavor ishtiroki har birimizga olam-olam quvonch olib keladi. Garchi ulardan uzoqda bo'lsak-da, mamlakat bayrog'i ostida saf tortib turgan sportchilarimizni qalban qo'llab-quvvatlaymiz.

Bugun ham xuddi shunday bo'ldi va bugungi kun ko'pchiligimiz uchun unutilmas onlarni tortiq qildi. Yaqindagina zaif eshituvchi yoshlarimiz jahon chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, endilikda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoa o'z qarshisidan chiqqan barcha jamoalarni taslim qilib, jahon chempionligini tantana qildi.

Ko'zi yonib turgan yosh futbolchilarimiz ko'rsatgan bu jasorat tahsinga loyiqdir. Ular ancha yosh bo'lishlariga qaramay, barchamizga mundiallarda qanday o'ynash kerakligini ko'rsata olishdi. Ularga qarab turib ishonish mumkinki, O'zbekiston kelajagi ishonchli qo'llarda.
Umid Ahmadjonov: "Biz mehr ulashishimiz lozim bo'lgan bolalar, butun xalqqa quvonch ulashdi"


Aslida barchamiz mana shu futbolchilarga mehr ulashishimiz kerak. Ular esa bor kuch va g'ayratlarini safarbar etib, butun mamlakat nomidan Jahon CHempionatida munosib ishtirok etishdi hamda millionlab o'zbekistonliklar g'ururlanishi mumkin bo'lgan ulkan yutuqni qo'lga kiritishdi. Endi ular qahramondirlar. Endi biz ularni hammaga o'rnak qilib ko'rsatamiz. Endi yosh futbolchilarimizni butun dunyoda hurmat bilan tilga olishadi.

Biz mana shu yigitlarga murabbiylik qilgan, ularga g'amxo'rlik qilayotgan, tarbiya qilib, mehr ko'rsatayotgan barcha insonlar oldida tazimdamiz. Ishonamizki, farzandlarimizning porloq kelajagi hali oldinda. Vaqti kelib ular baxtli va saodatli hayot kechirib, o'zlariga juda-juda kerak bo'lgan ota-onalik mehrini o'z farzandlariga tortiq qila olishadi. Qahramonligingiz, matonatingiz va irodangiz oldida bosh egamiz. Sizga Prezidentimiz, jamoamiz hamda muxlislar nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz, rahmat, yigitlar!”
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram