Jahon CHempionatiga bormoqchimisiz? Endi buni imkoni bor! » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:36 – Sarri "CHelsi"ni tark etsa, klub unga millionlab funt to'lab beradi 
  • 15:35 – "Inter" "Barselona" futbolchisini xarid qilishga yaqin turibdi 
  • 15:34 – "CHelsi" Zidan va Lempard variantlarini ko'rib chiqmoqda 
  • 15:33 – "Nasaf": Mavsumiy chiptalarni xarid qiling 
  • 15:33 – De Bryuyne: "Maqsadimiz - har bir o'yinda g'alaba qozonish" 
  • 15:32 – Pike: "Yaxshi hamki xokkeyda "Real" yo'q, aks xolda..." 
  • 15:31 – OCHL-2019. Xavi, Slaven Bilich va yaqin uch oyda Toshkentga kelishi mumkin bo'lgan boshqa yulduzlar 
  • 15:30 – "Barselona" 2008 yilda Benzemani xarid qilmoqchi bo'lgan ekan 
  • 15:27 – Karikatura: Sulsher Londonni zabt etdi 
  • 15:26 – OCHL-2019. "Lokomotiv" va "Paxtakor" qachon va kim bilan o'ynaydi? 

Jahon CHempionatiga bormoqchimisiz? Endi buni imkoni bor!

Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon CHempionatiga ham ikki oydan oz vaqt qoldi.
Deyarli hamma mundialda ishtirok etadigan jamoalar qaysi kuni va qaysi stadionda o'ynashidan xabardor. CHiptalar soni esa borgan sari kamaymoqda. Ammo siz aslo qayg'urmang. Ularni sotib olish uchun hali imkoningiz bor.

CHorshanba kuni biletlar sotuvining so'nggi bosqichi boshlanadi. Ularni onlayn ravishda sotib olish mumkin. 1 maydan esa ular FIFA chiptalar bo'yicha ishlash markazlarida joylashgan kassalarda sotilishi rejalashtirilgan. Ha, agar u vaqtgacha biletlar qolsa albatta...

FIFA sotuvining dastlabki kunida 1 698 049ta chipta o'z egasini topgani haqida malumot berdi. CHiptalarning katta qismi (796 875ta) Rossiyaga yuborilgan. Boshqa davlatlardan AQSH (80 161), Braziliya (65 863), Kolumbiya (60 199), Germaniya (55 136), Meksika (51 736), Argentina (44 882), Peru (38 544), Xitoy (36 841), Avstraliya (34 628) va Angliya (30 711)ga chiptalar yuborildi. Eslatib o'tamiz, AQSH va Xitoy terma jamoalari mundialda ishtirok etmaydi.

CHIPTALAR NARXI QANCHA?

Jahon CHempionatiga bormoqchimisiz? Endi buni imkoni bor!



“Lujniki” va “Krestovskiy” stadionlariga kirish narxi quyidagicha:




To'rtinchi kategoriyadagi biletlar faqat Rossiya fuqarolari uchun

Hozir qanday biletlarni sotib olish mumkin?
Malum bir uchrashuvlar uchun chiptalarni sotib olish mumkin. Qaysidir stadion yoki jamoaning o'yini uchun band qilinuvchi biletlar mavzusi aktual emas.

FIFA nogiron, kam harakat va ortikcha vaznga ega odamlar uchun ham bir qancha joy va maxsus biletlar ajratgan. Bunday biletlarni sotib olish uchun “maxsus toifadagi shaxslar uchun chiptalarni ko'rsatish” bandini tanlash zarur.

Nechta bilet sotib olish mumkin?
Eng ko'pi 28ta. Bir kishi istalgan turga oid eng ko'pi 4ta chipta sotib olishi mumkin.

Bitta o'yinga bir necha marotaba chipta uchun buyurtma berish taqiqlangan. Bundan tashqari, bir kunning o'zida ikkita o'yinga borish ham mumkin emas. Ha, balki siz jismonan ulguraman dersiz, ammo nima ham derdik, talab shunday!

Qaysi o'yinlarga borish imkoningiz bor?
FIFAning rasmiy saytida turli kategoriyaga oid biletlar narxi aks etgan jadval berilgan maxsus bo'lim bor. U xaridorlarni faqat chiptalarga bo'lgan talab va sotilgan chiptalar darajasidan xabardor qiladi. Biroq siz ariza berayotgan pallada o'yinga chipta bor yoki yo'qligiga kafolat bermaydi.

Agar jadvalga ishonadigan bo'lsak, hozirgi vaqtda guruh bosqichining bor yo'g'i 12 o'yiniga “qizil toifa” chiptalari qolgan xolos: Misr– Urugvay (1-kategoriya), Marokko – Eron (2), Franciya – Avstraliya (3), Peru – Daniya (3), Argentina – Islandiya (1), Xorvatiya – Nigeriya (2), Braziliya – SHveycariya (3), Kosta-Rika – Serbiya (1), SHveciya – Janubiy Koreya (2), Tunis – Angliya (4), Portugaliya – Marokko (4), Serbiya – SHveycariya (1).

Ehtimol, vaziyat yana o'zgarar?!

Nima qilish kerak?
Buning uchun siz FIFA saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak (Facebookdagi shaxsiy sahifa orqali ham kirish mumkin). SHundan so'ng, o'zingiz va boshqa xaridorlar (masalan, tanishingiz yoki qarindoshingiz)ning shaxsiy malumotlarini kiritishingiz kerak.

To'lovni qay tarzda amalga oshirish kerak?
To'lov kartalari yoki bank orqali pul o'tkazishingiz mumkin. Muximi: Albatta o'z kartangiz orqali pul o'tkazing. CHunki bilet sotib oluvchi shaxs bilan pul o'tkazuvchining ism sharifi bir xil bo'lishi shart.





Qaerdan olish mumkin?
Ularda kurerlar faoliyat yuritmaydi. Biletlarni faqatgina chempionat bo'lib o'tayotgan shaharlarning maxsus rasmiy kassalaridan olib ketish mumkin. Ular 18 apreldan turnirning final uchrashuv kunigacha ishlaydi. Yana ham to'liqroq malumotlarni mundialga yaqin bilib olishingiz mumkin.

Siz hali Jahon CHempionatini o'z ko'zingiz bilan, bevosita stadiondan tomosha qilishingiz mumkin. CHiptalar sotuvining so'nggi bosqichi chorshanba, 18 aprel 14:00da boshlandi. Qani olg'a!скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram