Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini takomillashtirmoqchi

UEFA kelasi mavsumdan boshlab moliyaviy feyr-pley (MFP) qoidalarini takomillashtirishni rejalashtirmoqda.
Evropa tashkiloti "Manchester Siti" va PSJ kabi boy klublar ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi.

MFPning yangi sonida futbolchilar xaridi va sotuvi o'rtasidagi farq yiliga 100 mln. evrodan oshmasligi kerak. Agar bu qoida o'tgan yili amal qilganida, PSJ Neymar va Mbappe transferlari uchun (400 mln. evro) 300 mln. evrolik futbolchi sotishiga to'g'ri kelar edi.

SHu bilan birga, UEFA bir jamoada professional futbolchilar sonini chegaralab qo'ymoqchi - 25 futbolchi. Bundan tashqari, klublarning tomonlar bilan bog'liq shartnomasiga ham cheklov qo'yilishi mumkin. Bitimlar klub daromadining 30%dan oshmasligi zarur.

Yangi qonunlar 24 may kuni UEFA ijro qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqiladi. Agar ular qabul qilinsa, kelasi mavsumdan kuchga kiradi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar