Anvar Soliev: "Mezbonlarda ishtiyoq kuchli bo'ldi" » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 08:36 – Sado Manening uyiga o‘g‘ri tushdi 
  • 07:39 – Bugun namoyish etiladigan futbolga oid ko‘rsatuvlar jadvali (Sport TV, Match TV, Futbol TV) 
  • 07:14 – Liga 1. PSJ navbatdagi yirik g‘alabasini tantana qildi 
  • 07:07 – YeChL. "Manchester Siti"dan kambek 
  • 07:03 – YeChL "Atletiko" "Yuventus"ni mag‘lub etdi. 
  • 01:04 – Legionerlarimiz. Tolipovning jamoasi OFK kubogini omadsiz tarzda boshladi 
  • 01:02 – Florentino Peres Solari bilan uchrashdi 
  • 00:57 – "Manchester Yunayted" 67-hamkori bilan shartnoma imzoladi 
  • 00:55 – "Chelsi" Sarrining o‘rnida ishlaydigan nomzodni aniqlab oldi 
  • 00:53 – YeChL. "Atletiko" - "Yuventus". Asosiy tarkiblar ma’lum! 

Anvar Soliev: "Mezbonlarda ishtiyoq kuchli bo'ldi"

O'zbekiston kubogi 1/16 finali doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi sport direktori Anvar Soliev ishtirok etdi.
Anvar Soliev (“Navbahor” jamoasi sport direktori): - Avvalo bugungi g'alaba bilan “Andijon” jamoasini tabriklayman. Mezbonlar kuchli ishtiyoq evaziga g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi. Bizning yigitlarda esa negadir bu narsa sezilmadi.

Barcha narsa ruhiyatga bog'liq. Menimcha, jamoamiz futbolchilari uchrashuvdan oldin g'alaba qozondik, deb o'ylashdi. Lekin bu so'zda emas, maydonda isbotlanishi kerak. Afsuski, buni amalda namoyish etish jamoamizga nasib etmadi.

Bugungi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Oldinda bizni “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublariga qarshi kechadigan qiyin o'yinlar kutib turibdi. Endi mazkur uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Anvar Soliev: "Mezbonlarda ishtiyoq kuchli bo'ldi"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram