O'zbekiston PFL bilan Qirg'iziston PFL o'rtasida memorandum imzolandi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:23 – Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi 
  • 18:21 – Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi 
  • 18:20 – Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi "CHelsi"ni sotib olmoqchi 
  • 18:19 – Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasiga chaqirildi 
  • 18:18 – Pochettino: "Barselona" MYUdan bir bosh ustun" 
  • 18:18 – Aspilikueta: "CHelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman" 
  • 18:17 – Messi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi 
  • 18:16 – Zidan Sadio Maneni "Real"da ko'rmoqchi 
  • 18:15 – Zidan qaytganiga qaramasdan Varan "Real"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 
  • 18:14 – Omar Momanidan yangi karikatura: Sehrgar Messi 

O'zbekiston PFL bilan Qirg'iziston PFL o'rtasida memorandum imzolandi

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov Qirg'iziston Professional futbol liga Prezidenti Nurbek Atakanov o'rtasida o'zaro uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatda futbolni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish, Xalqaro maydonlarda Osiyo futboli nufuzini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo'yicha o'zaro fikr almashdilar.

O'z o'rnida Qirg'iziston PFL Prezidenti Nurbek Atakanov O'zbekistonda futbol shiddat bilan rivojlanib borayotganini alohida takidlab o'tdi: “Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy chempionati Superligaga o'zgartirilgandan so'ng, bu borada katta hajmdagi ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo'ldim. Kurashlarga, shiddatli o'yinlarga boy tarzda o'tayotgan chempionat chinakamiga Superligaga aylanib boryapti. O'zbekiston Professional futbol ligasi Markaziy Osiyodagi eng yaxshilardan biri ekanini inobatga olgan holda, bizning bu erda o'rganishimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. SHu sababli bugungi uchrashuv biz uchun har tomonlama foydali ekanini alohida qayd etib o'tmoqchiman ”, - deydi Nurbek Atakanov.


SHundan so'ng O'zbekiston PFL va Qirg'iziston PFL o'rtasida o'zaro hamkorlik bo'yicha memorandum imzolandi.

Memorandumga ko'ra tomonlar futbol klublari saviyasini oshirish, uchrashuvlarga muxlislar jalb qilish, stadionlarda xavfsizlikni taminlash, futbol infratuzilmalarini yaxshilash, futbol menejmenti va marketingi bo'yicha tajriba almashish, klublar o'rtasida turli musobaqalar, o'rtoqlik o'yinlari tashkil etish, halol o'yin principlariga amal qilish, hamkorlikda turli seminarlar o'tkazish, o'sib kelayotgan yosh avlod o'rtasida sog'lom turmush tarzi va futbolga bo'lgan qiziqishni oshirish bo'yicha ish olib borishadi.

Uchrashuv so'ngida O'zbekiston PFL bosh direktori Omon G'ofurov Qirg'iziston PFL Prezidenti Nurbek Atakanovga esdalik sovg'alari topshirdi.

O'zbekiston PFL bilan Qirg'iziston PFL o'rtasida memorandum imzolandi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram