Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Umid Ahmadjonov Ispaniya, Frantsiya FF va "Real Madrid" klubi rahbariyati bilan uchrashadi

O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi va O'zbekiston Futbol federatsiyasi
prezidenti Umid Ahmadjonov "Real Madrid" klubi Akademiyasi direktori Xulio
Ronko va Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar
bilan Ispaniyaga jo'nab ketdi.

Safardan ko'zlangan aosiy maqsad "Real Madrid" akademiyasi filialini Toshkentda
ochish, shuningdek, Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan murabbiylar
tayyorlash va bolalar futbolini rivojlantirish borasida ikki tomonlama hamkorlik
aloqalarini o'rnatishdan iborat. Bundan tashqari safar davomida Ispaniyadagi bir
qator taniqli futbol mutaxassislari bilan uchrashib, fikr almashish belgilangan.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov "Real Madrid" futbol klubi rahbariyati tomonidan 21
yanvar` kuni La liganing 20-turidan o'rin olgan "Real Madrid"- "Deportivo"
uchrashuvini bevosita "Sant`yago Bernabeu" stadionidagi prezident lojasidan tomosha
qilishga taklif etilgan.

23 yanvar` kuni esa Umid Ahmadjonov Parijda Frantsiya futbol federatsiyasi
rahbariyati bilan ham uchrashuv o'tkazishi rejalashtirilgan.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • +5
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar