Antonio Konte: “Ikki yil oldin “CHelsi” 10-pog'onada edi” » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 22:15 – Ikkinchi sariq bekor qilindi va o'rniga to'g'ridan-to'g'ri qizil berildi 
  • 22:14 – Ibra o'zini vinoga o'xshatdi 
  • 21:19 – 20:0 hisobida mag'lubiyat hamda maydonda o'smirlar va klub ishchilari o'ynagani uchun S Seriya jamoasi 35 ming jarimaga tortildi 
  • 21:18 – Mourino: "Umid qilamanki, yanada kuchliroq bo'laman" 
  • 21:18 – Ispaniya chempionatini o'tkazish kunlarida o'zgarishlar bo'lishi mumkin 
  • 21:17 – Ushbu haftada Sarrining kelajagiga oydinlik kiritiladi 
  • 21:16 – PSJ futbolchisi Franciya tufayli o'z davlati termasida o'ynashni istamadi 
  • 21:16 – "Real" Marseloning o'rniga 5 nomzodni ajratib oldi 
  • 21:15 – O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini oldidan koncert tashkillashtiriladi, stadionga kirish bepul 
  • 21:15 – Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga g'alaba uchun kelganmiz" 

Antonio Konte: “Ikki yil oldin “CHelsi” 10-pog'onada edi”

“CHelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte APL 32-turida o'z maydonida “Tottenhem”ga (1:3) uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
-Birinchi bo'lim oxirida darvozamizga kiritilgan gol o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotishimizga olib keldi. Vaholanki, biz tanaffusga 2:0 hisobida chiqish ketishimiz mumkin edi. Ammo bu futbol. Eriksen fantastik gol urdi. Tanaffusdan keyin yana gol urishga intildik, biroq raqibimiz bizga qaraganda aniqroq harakat qildi.

-Mozes to'pni yo'qotdi va hisob tenglashdi...

-Bunaqa holat bo'lib turadi. Hozir futbolchining javobgarligi haqida gapirish vaqti emas. Biz bu vaziyatda ahil jamoa bo'lib harakat qilishimiz lozim edi.

-Kuchli to'rtlikka kirishi imkoniyatini qanday baholaysiz?

-Biz “Tottenhem” bilan oradagi farqni qisqartirish imkoniyatidan mahrum bo'ldik. Oldinda 7 ta o'yin qoldi va biz so'nggi daqiqalargacha to'rtlikda bo'lishga umid qilamiz. Jamoa mavsum oxirida o'ziga mos o'rinda bo'ladi deb o'ylayman.

CHempionlik uchun kurash? Bu oson ish emas, ayniqsa Angliyada. O'tgan mavsumda biz g'olib bo'ldik. O'ylashimcha, biz tarkibni kuchaytirishimiz lozim. Unutmang ikki yil oldin ushbu klub mavsumni 10-pog'onada yakunlagandi”, deydi Konte.
Antonio Konte: “Ikki yil oldin “CHelsi” 10-pog'onada edi”
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram