Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Evropalik mutaxassis “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurdi

Oldinroq xabar berganimizdek, ayni paytda Belgiya futbol federaciyasi texnik bo'limi rahbari Kris van Puyvelde yurtimizda bo'lib turibdi.
Bugun ushbu mehmon yurtimizning etakchi klublariga tashrif buyurdi. Jumladan, u “Bunyodkor” futbol klubi va stadioni faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Belgiyalik mehmonni “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori Murodjon Aliev hamda stadion direktori Vohid Zokirov iliq kutib olishdi. Kris van Puyvelde avvaliga “Bunyodkor” stadionida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va ularga yuksak baho berdi. So'ng, mehmon “Bunyodkor” bolalar-o'smirlar futbol maktabi holati bilan yaqindan tanishishish maqsadida akademiyaga tashrif buyurdi. Evropalik mutaxassis futbol maktabi o'quv binosi, qayta tiklanish va tibbiyot markazlari, suzish xavzasi, ovqatlanish tizimi, yotoqxona, trenajyor va gimnastika zallari, mashg'ulot maydonlarini ko'zdan kechirdi va yaratilgan sharoitlarga xavas bilan qaradi.

SHuningdek, klub faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha o'z maslahatlari bilan ham o'rtoqlashdi.
Evropalik mutaxassis “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar