"Lokomotiv"ga nima bo'ldi? » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:23 – Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi 
  • 18:21 – Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi 
  • 18:20 – Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi "CHelsi"ni sotib olmoqchi 
  • 18:19 – Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasiga chaqirildi 
  • 18:18 – Pochettino: "Barselona" MYUdan bir bosh ustun" 
  • 18:18 – Aspilikueta: "CHelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman" 
  • 18:17 – Messi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi 
  • 18:16 – Zidan Sadio Maneni "Real"da ko'rmoqchi 
  • 18:15 – Zidan qaytganiga qaramasdan Varan "Real"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 
  • 18:14 – Omar Momanidan yangi karikatura: Sehrgar Messi 

"Lokomotiv"ga nima bo'ldi?

O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi "Lokomotiv" jamoasi yangi mavsumni juda muvaffaqiyatsiz boshladi.
"Temiryo'lchilar" yangi mavsumda hozirgacha jami 7ta rasmiy bahsda maydonga tushishdi va shularning yarmidan ko'pida mag'lubiyatga uchrashdi.

"Lokomotiv"ning yangi mavsumdagi statistikasi quyidagicha:
7 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang va 4 mag'lubiyat.
To'plar nisbati: 12-10.

Mirko Yelichich va Andrey Miklyaev tandemi ostidagi jamoa OCHLda 3ta mag'lubiyatni qabul qilishgan bo'lsa, Superligadagi ilk mag'lubiyat Namangandagi bahsda sodir bo'ldi. SHuningdek, jamoa Superliga doirasidagi yana bir uchrashuvda durang qayd etgandi. "Lokomotiv"ning ikkita g'alabasidan biri Navoiyda "Qizilqum" ustidan qo'lga kiritilgan bo'lsa, mavsumdagi ilk o'yinda OCHL doirasida "Al Vahda" Toshkentda taslim etilgandi.

"Temiryo'lchilar" o'tkazilgan oxirgi 4 uchrashuvdan 3tasida mag'lubiyatga uchrashgan bo'lsa, bitta durang o'ynashdi. Jamoaning oxirgi g'alabasi bahorning ilk kunida qo'lga kiritilgandi. SHu tariqa "Lokomotiv"ning g'alabasiz seriyasi 4 o'yinga etdi.

Amaldagi chempion ayni paytda O'zbekiston Superligasida 3-turdan keyin 4 ochko jamg'argan holda 6-o'rinni band etib turibdi. OCHLda esa jamoa 4-turdan so'ng o'z guruhida 3-pog'onada bormoqda.
"Lokomotiv"ga nima bo'ldi?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram