Endi FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish mumkin » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 22:15 – Valverde terma jamoasiga chaqirilmagan o'yinchilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqchi bo'ldi, ammo hech kim kelmadi 
  • 21:10 – "Inter" himoyachisining agenti: "Mijozimni "Real" va "Barselona" xarid qilmoqchi" 
  • 20:20 – Argentina murabbiyi: "Ikardi bilan sodir bo'layotgan voqealar bizni qoniqtirmaydi" 
  • 20:20 – Derrik Pereyra: "Biz hali taslim bo'lganimiz yo'q. Tojikiston bilan eng yaxshi o'yinimizni namoyish etamiz" 
  • 20:19 – Omar Momanidan yangi karikatura: Pogbaning orzusi "Real"da o'ynashmi?! 
  • 20:19 – Joau Felish: "Katta klublarda o'ynashni orzu qilaman" 
  • 19:27 – Karikatura: Van Deyk va Mustafi murabbiylarini qanday himoya qilishmoqda?! 
  • 19:26 – Ektor Kuper: "G'alaba bilan mag'lubiyat doim yonma-yon" 
  • 19:26 – Ertaga A va B Pro-liga uchun qura tashlanadi 
  • 19:25 – "Real"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi nomi malum bo'ldi 

Endi FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish mumkin

Ko'plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini
bildirgani e'tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanalini HD (High-
Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

Endi FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish mumkin

Yurtimiz futbol muxlislariga yaxshi ma'lum, 2017-yilning aprel` oyidan
O'zbekistonda ilk bor futbolga ixtisoslashgan FUTBOL TV telekanali o'z faoliyatini
boshladi. Bugungi kungacha telekanal Yevropaning eng nufuzli – YECHL, YEL, APL va La-
Liga kabi futbol musobaqalari shuningdek, futbolga ixtisoslashgan
teleko'rsatuvlarini xalqimiz e'tiboriga havola etib kelmoqda.

O'tgan davr mobaynida tomoshabinlar fikr mulohazalari telekanal xodimlari
tomonidan muntazam tarzda o'rganib borildi. Ko'plab futbol ishqibozlar telekanalni
yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e'tiborga olingan holda
endilikda FUTBOL TV telekanalini HD (High-Definition) formatda tomosha qilish
imkoniyati yaratildi.

FUTBOL TV telekanali tomoshabinlari uchun uch asosiy yangilik yaratildi.

Birinchidan: DVB-T (birinchi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalinib kelgan
tomoshabin endilikda o'z qurilmasida “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV
telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin. Avval birinchi avlod tyunerlarida
bunday imkoniyat bo'lmagani va bu o'z o'rnida ba'zi noqulayliklarni keltirib
chiqarganini ta'kidlab o'tish lozim.

Ikkinchidan: FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish uchun DVB-T2
(yangi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalanayotgan tomoshabin “qidiruv” berish
orqali FUTBOL TV HD telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin.

Uchinchidan: FUTBOL TV telekanali endi kunduzi soat 10:00 dan kechasi soat 3:00 gacha
efirga chiqadi.

Shuni qo'shimcha qilish kerak, telekanal mutasaddilari muntazam tarzda muxlislardan
kelib tushayotgan fikr va takliflarni kuzatib, ularni o'rganib chiqmoqda. FUTBOL TV
telekanali kelajakda ham xalqimiz uchun qulayliklar yaratish maqsadida mehnat
qilishda davom etadi.

FUTBOL TV telekanalida syurprizlar mavsumi davom etadi!скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Uzreport.news
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
  • Devil
  • 26-05-2018, 14:26
  • : 14:26
    • Yoqdi
    • 0
Assalom alaykum! man televizorimda poisk berganimda negadur futbol tv kanali chiqmayapti qanaqa qib uni topiw mumkin?
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram