“PSJ” ko'z tikkan murabbiy va futbolchilar nomi oshkor qilindi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 23:00 – Valverdening "Barselona" safida qayd etgan natijasi 
  • 22:52 – "Liverpul" "Barselona" futbolchisini nishonga oldi 
  • 22:51 – Mourinoning istefosi borasidagi qiziq holat 
  • 22:51 – CHempionlar Ligasi mukofot puli - 2 mlrd evrodan ko'proq. UEFA shuncha mablag'ni qaerdan olyapti? 
  • 22:49 – Evropa ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi elon qilindi 
  • 22:48 – Omar Momanidan yangi karikatura: Mourinoning qimmatli istefosi 
  • 22:36 – G'alati... Vasilev nima uchun "Monako"dan istefoga chiqarildi? 
  • 22:35 – MYUning ikki etakchisi muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi 
  • 20:35 – MYUning ikki etakchisi muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi 
  • 20:18 – Neymar qachon safga qaytishini malum qildi 

“PSJ” ko'z tikkan murabbiy va futbolchilar nomi oshkor qilindi

Franciyaning “PSJ” klubi rahbariyati yozda keng masshtabdagi transfer siyosatini olib bormoqchi.
“PSJ” ko'z tikkan murabbiy va futbolchilar nomi oshkor qilindi

Jamoaga darvozabon, chap qanot himoyachisi, tayanch yarim himoyachi, hujumchi hamda yangi bosh murabbiy olib kelinishi majburiy vazifa sifatida belgilab qo'yildi.

“PSJ” bosh murabbiyligiga Antonio Konte (“CHelsi”), Maurisio Pochettino (“Tottenxem”) hamda “Barselona” sobiq ustozi Luis Enrikening nomzodi o'rganib chiqilmoqda.

Darvozabonlardan Tibo Kurtua (“CHelsi”), David De Xea (“Manchester Yunayted”) yoki Janluiji Donnarumma (“Milan”) yozda Parij klubida paydo bo'lib qolishi mumkin.
“PSJ” ko'z tikkan murabbiy va futbolchilar nomi oshkor qilindi



Tayanch zonasiga Ngolo Kante (“CHelsi”) yoki Fabino (“Monako”), chap qanot himoyasiga esa “Yuventus”dan Aleks Sandroning nomzodi ko'rib chiqilyapti.

Yozda Edinson Kavani “PSJ”ni tark etadi. Klub rahbariyati uning o'rniga Robert Levandovski (“Bavariya”) yoki Xarri Keyn (“Tottenxem”)ni olib kelishga jiddiy bel bog'lagan. Rahariyat Neymarni olib qolib, uning atrofida kuchli jamoa shakllantirishni maqsad qilgan.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram