"Kelajagimiz umidlari" futbol festivali vodiydan boshlanadi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:52 – Regilon: "Messini to'xtatib bo'lmaydi? Hammani to'xtatish mumkin" 
  • 18:09 – Evro-2020 elchilari nomi elon qilindi 
  • 18:08 – Modrichga yil sportchisi sovrini topshirildi 
  • 18:08 – "Bavariya" "Atletiko" futbolchisi transferining bir qismini to'lab bo'ldi 
  • 16:15 – "Manchester Siti" Zinchenko va Sane bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin 
  • 16:15 – Lyubinko Drulovich: "Maqsadimiz o'yinlarda ko'proq gol urish va guruhda birinchi o'rinni olish" 
  • 16:14 – Xavi: "Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi" 
  • 16:13 – Kovachich "Real"ga qaytmoqchi emas, ammo "CHelsi" uni sotib ololmaydi 
  • 16:13 – Franciyalik "Kichik shahzoda" - Antuan Grizmann! 
  • 13:24 – "Barselona" Koutino narxini elon qildi 

"Kelajagimiz umidlari" futbol festivali vodiydan boshlanadi

O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan mamlakatimizda bolalar va o'smirlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va futbolni ommalashtirish, istedodli bolalarni saralab olish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bolalar futboli murabbiylarini malakasini oshirish uchun xorijdan mutaxassislar taklif qilinyapti, turli yoshdagi bolalar o'rtasida futbol musobaqalari va festivallar tashkil etilmoqda.

2018 yilda butun respublika bo'ylab 1000ga yaqin chempionatlar, birinchiliklar, Kubok bellashuvlari, musobaqalar va festivallar o'tkazish rejalashtirilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

“Kelajagimiz umidlari” deb nomlangan futbol festivali 18 yanvardan boshlab butun vodiy bo'ylab start oladi. Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlaridan boshlanadigan ushbu festivalda har bir viloyatda 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan 400 nafardan bolalar qatnashadi.

Aytish kerakki, “Kelajagimiz umidlari” festivali vodiydan boshlanib, butun respublika bo'ylab davom etadi. Festival davomida ishtirokchilariga sovg'a sifatida to'plar, sport formalari taqdim qilinadi.
Quyida "Kelajagimiz umidlari" futbol festivali yanvar oyida qaysi hududlarda bo'lib o'tishi ko'rsatilgan:

Andijon viloyati – 18-21 yanvar

Farg'ona viloyati – 20-23 yanvar

Namangan viloyati – 20-23 yanvar

Xorazm viloyati – 27-30 yanvar

Qoraqalpog'iston Respublikasi – 28-31 yanvarскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram