Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Kris van Puyvelde bolalar futboli mutaxassislari uchun taqdimot o'tkazdi

Belgiya futbol federaciyasi Texnik bo'lim boshlig'i Kris van Puyvelde bugun O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, yurtimizda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish maslalari bo'yicha suhbat o'tkazgani haqida avval xabar bergandik.
Bugun kunning ikkinchi yarmida Kris van Puyvelde yurtimizdagi bolalar va o'smirlar futboli bo'yicha mutaxassislar uchun taqdimot o'tkazdi.

Taqdimotda O'FF masul xodimlari, yurtimizda bolalar va o'smirlar futboli bo'yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Kris van Puyvelde Belgiyada yig'ilganlarga bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha Belgiya taraqqiyot modelini va tajribasini O'zbekistonda tadbiq qilish, yurtimizdagi musobaqalar va futbol tadbirlarida selekciya ishlarini takomillashtirishda Belgiya va Evropa mamlakatlari tizimini yo'lga qo'yish masalalari haqida so'z yuritdi.

Tadbir davomida yig'ilganlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi. Kris van Puyvelde "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" stadionlariga tashrif buyurib, bu erdagi infratuzilma, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar