“Nasaf” – “Al Sadd” uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarilmoqda! » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 10:18 – “Lacio” yarim himoyachisi Luis Alberto jarohat sabab 40 kun maydonga tush olmaydi 
  • 10:17 – MYU De Xeaga 90 mln funtlik shartnoma taklif qiladi 
  • 10:16 – “Real” Marselo maydonga tushgan La Liganing 9 ta o'yinida 6 tasida mag'lub bo'ldi 
  • 10:15 – “Ayntraxt” noyob natija qayd etmoqda 
  • 10:15 – Mbappe Liga 1 tarixiga kirdi 
  • 10:14 – ​A Ceriya. “Inter” g'alaba qozondi, “Napoli”da esa durang 
  • 10:14 – ​La Liga. “Vilyarreal” “Sevilya”ga javobsiz uchta gol urib, g'alaba qozondi 
  • 10:13 – Liga 1. Mbappe gol urgan o'yinda PSJ g'alaba qozondi 
  • 00:40 – PSJning asosiy yarim himoyachisi klub bilan shartnomasini uzaytirdi 
  • 00:39 – Ikardi rafiqasi bilan "Inter" uchrashuviga tashrif buyurdi 

“Nasaf” – “Al Sadd” uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarilmoqda!

Bahor faslining mart oyida futbol ishqibozlarini bir-biridan qiziqarli futbol uchrashuvlari kutib turibdi.
5 mart kuni Qarshi shahri yana bir Osiyo chempionlar ligasining uchrashuviga mezbonlik qiladi. Bunda “Nasaf” Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv, kelayotgan dushanba kuni “Markaziy” stadionda soat 18:30da boshlanadi.

Futbol shaydolari Qarshida, Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi afsonasi Xavini orziqib kutishmoqda.

“Nasaf” PFK futbol ishqibozlarining talab va istaklarini inobatga olib, uchrashuv chiptalarini odatdagidan ertaroq – 1 mart kunidan sotuvga chiqarmoqda.

Endi chiptalar tumanlar markazida, ko'chma chiptaxonalar orqali ham sotiladi.


Quyida ko'chma chiptaxonalarning ish jadvalini etiboringizga havola qilamiz.

1 mart (payshanba) kuni. SHahrisabz shahrida

2 mart (juma) kuni. Koson shahrida

3 mart (shanba) kuni. G'uzor shahrida

4 mart (yakshanba) kuni. CHiroqchi shahrida (tushgacha)

4 mart (yakshanba) kuni. Qamashi shahrida (tushdan keyin)

Ko'chma chiptaxonalar 10:00dan 16:00gacha ishlaydi.

CHiptaxona shaharning gavjum joyi – bozorlar hududida tashkil etiladi.

Uchrashuv chiptalari shuningdek Qarshi shahrida, “Markaziy” stadion chiptaxonalari orqali ham 1 mart (payshanba) kunidan sotila boshlanadi.
“Nasaf” – “Al Sadd” uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarilmoqda!
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • +3
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram