Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Umid Ahmadjonov va Osiyo chempionlari Qibray tumanidagi Akademik liceyga borishdi

Bugun 21 fevral kuni MOQ prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qibray tumani Baytqo'rg'on qishlog'idagi Ichki ishlar vazirligining 2-sonli Toshkent Akademik liceyiga tashrif buyurdi.
Umid Ahmadjonov bu o'quv dargohidagi sportchilarni tayyorlash bo'yicha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. SHuningdek, tashrif davomida liceyda tahsil olayotgan bir qancha sportchilar - erkin kurash bo'yicha tuman miqyosidagi, Respublika miqyosidagi chempionlar bilan ham uchrashib, suhbatlashildi. Liceyda yosh chempionlarni tayyorlash uchun qanday sharoitlar zarurligi, nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi haqida licey mamuriyati bilan fikr almashildi.

Umid Ahmadjonov va Osiyo chempionlari Qibray tumanidagi Akademik liceyga borishdi


SHundan so'ng, Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyat qozongan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va futbolchilar – Zabihullo O'rinboev, Javohir Sidiqov, Abbos Otaxonov, Suxrob Nurullaev licey o'quvchilari bilan uchrashib, Osiyo chempionati taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi. SHuningdek, o'quvchilar ularga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, javoblar olishdi. CHempionlar bilan birga esdalik uchun suratga tushishdi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar