Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

"Birinchi bo'lib gol o'tkazib yubormasligimiz kerak". Manchester derbisi oldidan Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

Bugun tunda Angliya Liga kubogi yarim finali doirasida Manchester derbisi bo'lib o'tadi.
Kecha ana shu javob uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkillashtirildi. Quyida "Qizil iblislar" ustozi Ole-Gunnar Sulsherning fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

- Sizni yana bir Manchester derbisi kutmoqda. Lekin, birinchi bellashuvdan so'ng ko'pchilik masala hal bo'lib ulgurdi deb himoblamoqda. Sizchi?
- O'tgan o'yinning birinchi bo'limidan keyinoq hammasi haldek edi. Ammo, biz ikkinchi 45 daqiqalikda gol urdik. Biz oldingi muvaffaqiyatimizni takrorlashga umid qilamiz. Biz PSJ bilan qarama-qarshilikni eslashimiz zarur. Bu biz uchun hayotiy misol va bu bizga xuddi dekabrdagi kabi umid beradi.

O'yinga rejasi

Bu ideal o'yin bo'lishi kerak. Faqat shundagina kuchli raqibga qarshi safardagi bahsda ikkita to'p farqini yo'qqa chiqarishimiz mumkin. Biz safardagi gollar haqida emas, raqibdan ikkita ko'proq to'p kiritish haqida o'ylayapmiz. Hammasi qanday yakunlanadi bilmayman, lekin biz hech qanaqasiga birinchi bo'lib gol o'tkazib yubormasligimiz kerak. CHunki, bu vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.

Fernandeshning transferi haqida

Men sizlarga transferlar haqida yangi malumot bera olmayman. O'ylashimcha, bu savollar vaqtni bekorga o'tkazish. Lekin, siz bunday savollarni berishni davom ettiraverishingiz mumkin (kuladi). Men hozir hech narsa deya olmayman, ayni paytda faqat o'yin haqida o'ylayapman.

Qishki transfer oynasi haqida

Bizda imkon qadar tezroq safga qaytarishni xohlaydigan o'yinchilarimiz bor. Klub qandaydir kelishuvni amalga oshirishga urinyapti, lekin bu oson emas. Qishda ko'plab ajoyib transferlarni amalga oshirganimizni eslay olmayman. Xenrik (Larsson) yaxshi edi, Nemanya (Vidich) va Patris (Evra) ham. Bu qishda zo'r o'yinchiga ega bo'lish juda qiyin ekanligiga isbot. Jamoalar o'zlarining eng yaxshi futbolchilarini qo'yib yuborishni xohlashmaydi. Aleksis Sanches ham yozda qaytadi va hamma u haqida yanglishganini isbotlaydi.




Markos Roxo ketishi mumkinmi?

U ketadi deb o'ylamayman. Markos jarohat olgandi, hozir esa qaytishni uchun ishlamoqda. Hozir u jamoadan ketadiganga o'xshamayapti.

"Prenton Park" ("Tranmir Rovers" maydoni)dagi bellashuvdan keyin jamoada hammasi joyidami?

Faqat Nemanyada kichik muammo bor edi, shu sabab tanaffusda uni almashtirgandim. U oxirgi vaqtlarda juda ko'p o'ynadi. Ertaga esa u jamoaga yordam bera oladi deb umid qilaman. Uni kechagi kungacha ko'rmayotgandim.

Pogba, Reshford va Maktomineyning holati haqida

Uzoq muddatli jarohatlarda aniq sanani aytish juda qiyin. CHunki ularga to'liq tiklanish uchun mashg'ulotlar zarur bo'ladi. Yana malum vaqt avvalgi formani tiklab olgunga qadar ketadi. Poldan gipsni echishdi, Skott esa qo'ltiq tayoqsiz yuribdi. Demak, ular tez orada chimda mashqlar bajarishni boshlashlari mumkin.

"Siti"ga qarshi dekabrdagi kabi o'ynay oladimi?

Ularda ham jarohatlanganlar safga qaytishni boshlashdi. o'tgan safar ularda muammolar bor payti mag'lub etgandik. O'shandan keyin ular juda yaxshi o'ynashmoqda. O'sha to'qnashuvdan keyin Skott va Markusni yo'qotishga ulgurdik. Tarkib borasida biz kuchsizlashdik.

Biz u erga borib shunchaki himoyalana olmaymiz. Biz to'pni egallashimiz va raqibni uning ortidan yugurishga majbur qilishimiz kerak. Bu esa oson emas, ular pressingda juda yaxshi. Biz haqiqatda ideal o'yin o'tkazishimiz zarur. Ikki to'p farqini yo'qqa chiqarish uchun birinchi bo'lib gol urishimiz muhim.





Qayta o'yin o'tkazish haqida

Kubokdagi qayta o'yin o'tkazish? 2000-yil Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Braziliyaga uchganmiz va bu yo'lda Angliya kubogini qurbon qilganmiz. O'ylashimcha bundan hamma afsuslangan. Sen bunday musobaqada ishtirok etmasang yomon. "Liverpul" qayta o'yinga o'rinbosarlarini qo'yishini eshitdim, lekin ular unda ishtirok etishmoqda. Qishki tanaffus bo'lishi kerak, bu ingliz jamoalariga yordam beradi. Qolgani esa Yurgenning qarori va "Liverpul"ga bog'liq. Joze va "Tottenxem"da ham qayta o'yin. SHunday ekan biz qayta o'yinni chetlab o'tganimizdan baxtlimiz.

- 1999-yil trebl qayd etganilarda qaysidir musobaqa muhimroq deb o'ylaganmisizlar?

Hech qachon bunday deb o'ylamaganman. Men hamisha Angliya kubogini yaxshi ko'rganman. CHunki, men unda o'ynay olardim, yarim finalda ham, finalda ham to'p tepganman. Senda katta tarkib bo'lganida har uchchala turnirni yutish vazifa qilib qo'yiladi va biz buni uddalaganmiz. O'sha mavsum ingliz klublari orasida eng zo'r o'tkazilgan mavsum bo'lib butun umr tarixda qoladi.
"Birinchi bo'lib gol o'tkazib yubormasligimiz kerak". Manchester derbisi oldidan Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram