Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

Vadim Abramov: "Tan olaman, o'yinimiz yaxshi chiqmadi"

Kecha bo'lib o'tgan "Al Ayn" - "Bunyodkor" bahsidan so'ng "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirdi.
- O'yinni hamma ko'rdi. Nima deyishim mumkin? Savollar bo'lsa beringlar javobini aytaman, - deya o'z fikrini boshladi Abramov.



- Mavsum hali boshlanmagani "Bunyodkor"ga o'z tasirini ko'rsatdimi?

- Doim shunday bo'lib kelgan, ammo bu safar ham faqat ijobiy natijadan umid qilgandik. Jamoam yaxshi o'yin ko'rsatmadi, buni tan olaman. "Al Ayn" bizga qaraganda ancha yaxshi harakat qildi.



- Mag'lubiyat jamoaga qattiq tasir qiladimi?

- Menimcha, tasir qilmaydi, chunki bizda mavsum 28 fevraldan boshlanadi. Ungacha esa jamoa o'ziga kelib oladi. Safimizda yoshlar ko'p va bunday katta o'yinda ishtirok etish ularga yaxshi maktab bo'ladi.



- Pley-off bosqichi yanvarda o'tkaziladi va bu O'zbekiston klublariga tasir o'tkazib kelyapti. OFK taqvim tuzishda xatolikka yo'l qo'ygan deb hisoblaysizmi?

- Osiyo chempionlar ligasini OFK o'tkazadi, biz esa taqvimni hurmat qilgan holda o'yinlarda maydonga tushamiz. Agar taqvim noto'g'ri desam, bu bahona bo'lib qolishi mumkin. Lekin rostini aytganda mavsum boshlanmagani baribir rol o'ynaydi.



- "Al Ayn" haqida nima deya olasiz?

- Bu jamoa guruhda qanday o'yin ko'rsatadi buni bilmayman. Lekin shuni aytishim mumkin, "Al Ayn" menga u qadar kuchli bo'lib ko'rinmadi. Toshkentda "Al Zavra" bilan o'ynaganimizda iroqliklar kuchlidek ko'ringandi.
Vadim Abramov: "Tan olaman, o'yinimiz yaxshi chiqmadi"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram