Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

"Milan"ning yangi top-o'yinchisi haqida. SHoshmang, bu Zlatan emas!

Bugungi kunda "Milan" og'ir damlarni boshidan o'tkazayotgani hech kimga sir emas va jamoa sekin-asta yorug'lik tomon chiqib borayotgandek.
Klub shunchalik chuqur inqirozga yuz tutdiki, hattoki qaysidir pallada "grand" so'zi o'tmishga aylanib, tarixga muxrlanadigandek bo'ldi. Bunga o'xshash misollar etarlicha topiladi. Berluskoni ketgan vaqtdan buyon nima uchun vaziyat bunday tus olganiga bir talay sabablarni ko'rsatish mumkin. Ammo ularning har biri alohida-alohida muammo va "hamir uchidan patir" bo'ladi. "Milan" doimo yuzaga kelgan muammolar yana va yana keltirib chiqaraveradigan vaziyatga tushib qolgandi. Buni engib o'tish juda qiyin edi.

So'nggi yillarda klubda shunchalik ko'p o'zgarishlar yuz berdiki, dunyoga malum va mashhur bo'lgan afsonaviy "Milan"ning faqatgina nomi o'z o'rnida qoldi. Jamoaning yangi xo'jayinlari vaziyatni o'zgartirishga harakat qildi, bu borada "rossoneri" afsonalari yordamidan ham foydalanib ko'rildi. Lekin natijalar ijobiy tomonga o'zgaravermadi. Agar bu davrni Don Silvio davriga taqqoslasak — natija shunchaki dahshat edi!

Bunga ishonish ham qiyin, biroq "rossoneri" bosslari 2017 yildan boshlab transferlar uchun tahminan 500 mln evro sarflagan ekanlar. Bu ham etmagandek, ularning asosiy qismini muvaffaqiyatli deyish mushkul. Hattoki, eng shov-shuvli transferlar ham (masalan, Bonuchchi va Iguain), omadsiz tarzda tus oldi. Top o'yinchilarni sog'ingan tiffozi kutgan va istagan narsalariga erisholmadilar. Ammo asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, barchasi ijobiy tomonga o'zgarmoqda. Aftidan, o'tgan yoz Maldini va Boban jamoaga bugungi kunda "top" darajaga kira oladigan o'yinchini olib kelgan ko'rinadilar. Gap qanot himoyachisi Teo Ernandes haqida ketmoqda.

"Milan"ga o'tish va Italiya hayotiga moslashish

22 yoshli franciyalik Madridning "Real" jamoasiga tegishli edi, ammo o'tgan mavsum ijara huquqlari asosida "Real Sosedad" safida to'p tepdi. Malumki, Paolo Maldini shaxsan o'zi "Milan" transferlariga bosh bo'lib turdi. Natijada transferga 20 mln evro sarflandi. "Gazzetta dello Sport" nashri malumotiga ko'ra, agar yarim yil avval narx va sifatning bunday ko'rinishi "rossoneri"lar uchun qiziqarli bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda o'yinchining transfer bozoridagi narxi bundan ikki barobar qimmatroq.

CHempionat boshlanishidan avval "Milan" mudofaasidagi chap qanotida asosiy o'rinni kim egallaydi degan savol bot-bot yangrardi: Teo yoki yanada tajribaliroq o'yinchi Rikardo Rodriges-mi?! Biroq endi hech qanday tanlovga hojat yo'q. Franciyalik futbolchi butun qanotni yopa oladi va bu ishni alo darajada uddalaydi. Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida olgan jarohati va A Seriya boshida o'yinlarda ishtirok etolmaganiga qaramay, boshqa davlat va jamoadagi sharoitga moslashish uchun ortiqcha vaqt kerak bo'lmadi. Teo nafaqat yangi klubga o'tdi, balki allaqachon "Milan"ning muhim futbolchisiga aylanib ulgurdi.



"Milan" umuman olganda birinchi davrani omadsiz o'tkazdi. Jamoa na natija, na o'yin borasida maqtana olmaydi. Biroq shu holda ham, har bir uchrashuvni alohida oladigan bo'lsak, o'yiniga etiroz bo'lmagan sanoqli futbolchilardan biri bu — Teo Ernandes. Yani jamoaning umumiy darajasidan qatiy nazar, u o'zining yuqori darajasini ushlab turishga muvaffaq bo'lmoqda. Bu esa yosh futbolchi uchun ajoyib ko'rsatkich va etakchi bo'lishi uchun asosiy omillardan biridir.



Ernandes — "Milan"ning bu mavsumdagi eng yaxshi to'purari

Francuzning himoyalanish harakatlariga to'xtaladigan bo'lsak: kuchli, tezkor, kurashuvchan. U butun chap qanotni yopa oladi. Whoscored versiyasiga ko'ra, uning har o'yin uchun o'rtacha balli 7.25ni tashkil qilmoqda. Butun maydon bo'ylab doimiy ravishda yugurish va ishning asosiy qismini bajarish (to'p bilan va to'psiz) tufayli, Teo jamoaning yarim himoyachilari va hujumchilari bilan birgalikda faol harakatlanadi. SHu yo'l bilan, u qanotning yaxshi ishlashini taminlaydi. Ernandesning hujumkorlik potenciali uning eng muhim jihati hisoblanadi. Italiyada o'tgan vaqt ichida Teo 2ta golli uzatmadan tashqari, A Seriya o'yinlarida 5ta hamda Kubok bahsida 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu natija klub tarixida qanot himoyachilar orasida debyut mavsum uchun rekord ko'rsatkichdir.

Bundan tashqari, aynan Teo hozirgi kunda klubning asosiy bombardiridir. SHu o'rinda takidlab o'tamiz, u jamoaning asosiy penaltichisi emas. Ernandes himoyachi uchun hujumda maksimal foyda keltirmoqda. SHu o'rinda bu kabi hislatlarga ega futbolchi Antonio Konte taktikasiga juda mos tushishi hayolga keladi. Umumiy ko'rsatkichlar va harakatlarini oladigan bo'lsak, "Milan" himoyachisi hozir istalgan murabbiy qo'l ostida muvaffaqiyatli o'ynay olardi.

Futbolchi harakatlarini baholashda uning jamoa o'yiniga bo'lgan tasiri va natijaga bevosita qo'shgan hissasi inobatga olinadi. Bu tomondan olib qaraydigan bo'lsak, Teo bugungi "Milan" uchun eng muhimlardan biri. Agar Ernandesni tarkibdan chiqarib yuboradigan bo'lsak, Stefano Pioli nafaqat hujumdagi asosiy qurollaridan biri, balki jamoaning chinakam motorlaridan biridan ayriladi.



Teo Ernandesning yana bir muhim jihati bu futbolchi o'yinni o'z qo'liga olish va muhim qarorlar chiqarishdan qochmasligidir. Uchrashuv davomida ko'p bor aynan uning faolligi evaziga "Milan" ustunlikka ega bo'lmoqda. Albatta u ham qaysidir epizodlarda xatoga yo'l qo'yadi, lekin uning hujumda keltirayotgan foydasi: o'zi urayotgan gollari va sheriklari uchun yaratib berayotgan vaziyatlarini inobatga olsak, uning naqadar foydali futbolchi ekanligini ko'ramiz.

To'g'ri, barcha sanab o'tilgan jihatlari, ustunliklari va harakatlari bilan ham Teo Ernandes A Seriyaning eng yaxshi qanot himoyachisi emasdir, lekin u kuchlilar orasida. Hozirda ko'rsatayotgan o'yini Teoni yuqori darajali futbolchi deyishimiz uchun etarli.

Har holda bunday chap qanot futbolchisini "Milan"da anchadan buyon ko'rmayotgandik. Ernandesning yoshini inobatga olsak, yaqin kelajakda franciyalik dunyoning eng yaxshi qanot futbolchilaridan biri bo'lishi hech gap emas. Bu o'rinda Maldini ham ushbu transferni amalga oshirishda faollik ko'rsatganini eslab, xursand bo'lib yursa ajabmas.



Nozima Zaripova tarjimasi
"Milan"ning yangi top-o'yinchisi haqida. SHoshmang, bu Zlatan emas!
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram