Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

O'zbekiston yoshlar termasi murabbiylari “Navbahor”da

O'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Belek shahrida olib borayotgan “Navbahor” murabbiylar shtabi yana kengayadigan bo'ldi.
Yani bungacha jamoada selekcioner – murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Otabek G'ulomxo'jaev, shuningdek, Doniyor Usmonov bosh murabbiy Andrey Kanchelskisga yordam beradigan bo'lishdi. Etiborlisi, ushbu murabbiylar oldin O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasida birga faoliyat olib borishgan va endi hamkorlikni “Navbahor”da ham davom ettiradigan bo'lishdi.

Yana shuni ham takidlash joizki, Doniyor Usmonov sobiq futbolchi hamda 2010 yilgi mavsumda namanganliklar safida to'p surgan.

G'ulomxo'jaev va Usmonov, shuningdek, kecha namanganliklar bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi Javlon Ibrohimov, bundan tashqari, viza muammosi sababli, jamoa bilan birga Turkiyaga keta olmagan himoyachi Tohir SHamsitdinov hamda yarim himoyachi Islom Rashidxonov bugun ertalab soat 9:00da Toshkent – Istanbul – Antaliya yo'nalishi bo'yicha samolyotda Turkiyaga jo'nab ketishdi.

Malumotlarga qaraganda, bugun shuningdek, rossiyalik mutaxassis Aleksandr Sergeevich SHepovalov ham “Navbahor” murabbiylar shtabiga qo'shiladi. Mazkur murabbiy oldin Andrey Kanchelskis bilan birga Rossiyaning “Solyaris” va “Ufa” jamoalarida ishlagan. SHuningdek, ko'p yillar davomida 2016 yili vafot etgan sobiq futbolchi hamda murabbiy Sergey Viktorovich SHustikov bilan faoliyat olib borgan.

Eslatib o'tamiz, jamoaning murabbiylar shtabida shuningdek, Mustafo Bayramov, Azam Rajabbaev hamda darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov ham faoliyat olib borishadi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O'zbekiston yoshlar termasi murabbiylari “Navbahor”da
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram