Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Lempard: “CHelsi” transferlarga ehtiyoj sezmoqda”

Londonning “CHelsi” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya kubogi 1/16 finali doirasida “Xall Siti”ga (2:1) qarshi bahsdan keyin o'z fikrlarini bildirar ekan, jamoa tarkibini kuchaytirish lozimligiga urg'u berib o'tdi.
“Biz kubok bahslarida yurishda davom etamiz, bu yaxshi. Ammo masalaning yomon tomoni bu kabi bellashuvlarda garchi o'yin tizgini qo'limizda bo'lsada, bahs oxiri ancha asabiy kechdi.

Yozda “CHelsi” o'ziga xos “zarba”ni qabul qilib oldi va bu bizga haligacha “og'riq” berib kelmoqda. Biz jamoa tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri Eden Azarni yo'qotdik. Mening vazifam – har kuni ishlab, jamoaga mashg'ulot o'tkazib, futbolchilarni yaxshiroq holatga olib chiqish. O'tgan yil yozda biz o'z poziciyamizni saqlay olmadik va endi oldinga intilishimiz uchun bizga transferlar kerak bo'ladi. Pul mening muammoim emas, ammo men ochiqlik va halollik tarafdoiriman”, deya Lempardning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.

Eslatib o'tamiz, “CHelsi” qishki transfer oynasi vaqtida hozircha biror bir futbolchini o'z safiga qo'shib olganicha yo'q. Lempard jamoasi APL bahslarida 24 uchrashuvdan 40 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 4-pog'onasida bormoqda.
Lempard: “CHelsi” transferlarga ehtiyoj sezmoqda”
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar