Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Lyubinko Drulovich Avstraliyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

O'zbekiston va Avstraliya terma jamoalarining uchinchi o'rin uchun kechgan bahsidan so'ng dastlab Lyubinko Drulovich matubot-anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
“Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishdek imkoniyatni qo'ldan boy berdik. Hozir o'yin haqida biror gap aytishim qiyin. Umuman olganda jamoam yaxshi o'yin ko'rsatdi. Avstraliya yaxshi jamoa. Ular ikkinchi bo'limni yomon boshlashmadi. Goldan keyingi qizil kartochka ahvolimizni butunlay yomonlashtirib tashladi. Meni fikrimcha, qizil kartochkaga tortadigan vaziyat emas edi u. Bugun biz mag'lub bo'ldik. Hech narsa ayta olmayman. Aslida musobaqani yomon o'tkazmadik”, – dedi Lyubinko Drulovich.

– Ha, jamoa musobaqani yomon o'tkazmadi. Saudiya bilan ham, Avstraliya bilan ham yomon o'ynamadik. Yakunda omad etishmadi. O'zbekistondagi missiyangiz yakunlanmoqda. Kelajakdagi rejangiz qanday?
– To'g'risini aytsam, O'zbekiston OTJ bilan shartnomam shu oyda yakuniga etadi. SHogirdlarimning musobaqadagi ishtirokidan ko'nglim to'ldi. Yigitlar musobaqada borini berib o'ynashgani uchun ularga rahmat aytib qolaman.

– Terma jamoa oxirgi o'yinlarda yaxshi o'ynadi-ku, yakun ko'ngildagidek bo'lmadi. Bunga qanday izoh bera olasiz?
– Ha, oxirgi o'yinlarda kichik vaziyatlarda imkoniyatni qo'ldan boy berdik. Afsuski, oxirgi ikki o'yin 0:1 bilan yakunlandi. Ikkala o'yinda ham ancha vaziyat yaratgan bo'lsak ham, undan foydalana olmadik. Endi yigitlar buni tezroq unutishlari kerak.

– Murabbiy sifatida xatoyingiz nimada bo'ldi deb o'ylaysiz?
– Qizil kartochka olgan Oybek Bozorovni tushirganimdan keyin 5 daqiqa o'tib qizil kartochka oldi. Gol urish, vaziyatni yaxshilash uchun qo'ldan kelgancha harakat qildik. SHunday narsalar borki, hatto uni murabbiy ham nazoratiga ololmay qoladi.

– Bunday natijadan keyin bazi tanqidlarni qabul qilishga tayyormisiz?
– Buni to'g'ri qabul qilish kerak. 40 yildan beri futbol ichidaman. Har qanday holatda ham mag'lub bo'lganingizda tanqidlar bo'ladi. Ijobiy va salbiy tanqidlarni professionallardek qabul qilish lozim.
Lyubinko Drulovich Avstraliyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar