Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Bugun 17:30. Avstraliya U-23 - O'zbekiston U-23 yoxud Olimpiada yo'llanmasi uchun bahs!

Bugun Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida 3-o'rin sohibi malum bo'ladi.
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Avstraliya bilan to'qnash keladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi. Uchrashuv Bangkok shahridagi "Rajamangala" stadionida bo'lib o'tadi.



AVSTRALIYA BOSIB O'TGAN YO'L

Avstraliya musobaqani Iroq qarshi o'yinda 1:1 hisobidagi durang bilan. So'ngra mezbon Tailand mag'lub etildi - 2:1. Guruhdagi so'nggi uchrashuvda Bahrayn bilan durang o'ynadi - 1:1. CHorak finalda Avstraliya Suriyani qo'shimcha taymlarda mag'lub etib yarim finalga chiqdi - 1:0. Yarim finalda Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida imkoniyat boy berildi.




Avstraliyani oldin ham yutganmiz


O'YINOLDI MATBUOT ANJUMANI

“Juda muhim uchrashuv ekanligini bilib turibmiz. Bu oson o'yin bo'lmaydi. Avstraliya ancha jiddiy raqib. Raqib jamoa tarkibida bir qator tajribali va mahoratli o'yinchilar bor. Raqib taktikalarini kuzatib chiqdik. Ertaga bor maksimumizni ishga solamiz. Zero, bo'lajak bahs o'zbek muxlislari va xalqi uchun muhimligini tushunib turibmiz. Umid qilamizki, Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishni uddalaymiz”, – dedi kecha Lyubinko Drulovich.

Biz oldindagi o'yinni intiqib kutyapmiz. Musobaqaning ushbu bosqichida kuchsiz jamoa qolmagan. O'zbekiston – juda kuchli raqib. Biz yana bittagina o'yinni yaxshi darajada o'tkazishimiz kerak. SHuning o'zi ham Olimpiada chiqish uchun etarli bo'ladi. Biz o'yinga 2 xil uslubda tayyorlandik. To'p bizda bo'lgan holatlar uchun va yana to'psiz vaziyatlarda qanday harakatlanish bo'yicha hozirlik ko'rdik. O'zbekistonning kuchli tomonlarini yopib, kuchsiz jihatlaridan unumli foydalanishga urinamiz. Men shu yoshdagi yigitlar bilan ham ishlashga rozilik berdim. Sababi ularni milliy terma jamoaga tayyorlab bormoqchiman. Biz – murabbiylar shtabi yigitlarning Olimpiadada ham qatnashishini istayapmiz. Zero ushbu musobaqa – muhimligi jihatidan Jahon chempionati darajasida, menimcha, - dedi kecha Avstraliya bosh murabbiyi Grem Arnold.





U-23 Osiyo chempionati. O'zbekiston va Avstraliyaning statistikasi qanday?



HAKAMLAR

Avstraliya va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvni BAAlik Muhammad Abdulla Hassan Muhammad boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Malumot uchun, Hassan Muhammad 1978 yilda tug'ilgan va 2010 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.


U-23 Osiyo chempionati
Uchinchi o'rin uchun bahs
Avstraliya - O'zbekiston
25 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 17:30 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Ahmad Abdulla Al Hammadi va Hasan Muhammad Hasan Abdulla Al Mahri (ikkisi BAA)
To'rtinchi hakam: Sivakorn Pu Udom (Tailand)
VAR hakami: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar)
VAR yordamchi hakamlari: Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali (BAA) va Hamis Muhammad Al Marri (BAA)



Bugun 17:30. Avstraliya U-23 - O'zbekiston U-23 yoxud Olimpiada yo'llanmasi uchun bahs!
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar