Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Yurgen Klopp: "Alisson qachon qaytishini bilmaymiz, Keyta "Napoli"ga qarshi o'yindan so'ng mashg'ulotlarni boshlaydi"

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jarohat olgan Keyta va Alissonlarning holati haqida aytib o'tdi.
"Bu kulguli, ammo Alisson bilan birga tushlik qildik. U juda yaxshi ko'rinmoqda va tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. Ammo, hozir unga yuklamalar berish taqiqlangan. Albatta, ayni paytda u avvalgidan ancha yaxshi, shunga qaramay Alisson qachon safga qaytishini bilmaymiz.

Biz milliy terma jamoalar o'yinidagi qisqa tanaffusdan so'ng uning jarohatidan forig' bo'lishini kutgandik, biroq hozir bilmaymiz. Aytib o'tkanimdek, hech qanday bosim va yuklama mumkin emas. Nabi Bekkerga nisbatan tiklanib ulgurishga juda yaqin. O'ylashimcha, Neapolda o'tkaziladigan o'yindan qaytganimizdan keyin Keyta mashhulotlarga kirishadi, deb o'ylayman", – deydi Klopp.

Nabi Keyta davolanishni davom ettiryapti. Alisson UEFA Superkubogidan so'ng oyog'ining to'piq qismidan shikastlangandi.

Yurgen Klopp: "Alisson qachon qaytishini bilmaymiz, Keyta "Napoli"ga qarshi o'yindan so'ng mashg'ulotlarni boshlaydi"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar