Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

OFK prezidenti Ravshan Ermatovga qo'ng'iroq qildi

OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa hamda Ravshan Ermatov o'rtasida telefon orqali suhbat bo'lib o'tdi.
Suhbat boshida SHayx Salmon Ravshan Ermatovni yangi lavozim bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi ishlarida omad yor bo'lishini tiladi.

Suhbat davomida Osiyo futbol konfederaciyasi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish haqida gaplashildi. OFK O'zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor ekani malum qilindi.

SHuningdek, tomonlar turli dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashishdi hamda kelgusi rejalarni muhokama qilishdi. O'zaro do'stona aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ham bildirib o'tishdi.

SHayx Salmon va Ravshan Ermatov turli yangi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish uchun har tomonlama hamkorlikni kuchaytirishning ahamiyati yuqoriligini alohida takidlashdi hamda ikki tomon uchun manfaatli bo'lgan o'zaro ishonchni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishib olishdi.
OFK prezidenti Ravshan Ermatovga qo'ng'iroq qildi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar