Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Rasmiy xabar: Ahmadjonovdan keyin Omon G'ofurov ham ishdan bo'shash haqida ariza yozdi

O'zbekiston Professional futbol ligasiga 2017 yilning 10 oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Omon G'ofurov boshqa ishga o'tayotganligi munosabati bilan ishdan bo'shash haqida ariza yozdi.
“O'tgan vaqt davomida mamlakat futbolini rivojlantirish yo'lida qo'limizdan kelgancha ishladik. Mana shu davrda elkama-elka mehnat qilgan jamoamizga o'z minnatdorchiligimizni bildiraman. Mashaqqatli yo'lda O'zbekiston futbol associaciyasining yangi rahbariyatiga kuch-quvvat, omad va zafarlar tilayman. Ish bor joyda albatta xato va kamchiliklar ham bo'ladi. Buning uchun mamlakat futboli jamoatchiligidan, futbol muxlislaridan uzr so'rayman. O'zbekiston futboli va uning muxlislari katta g'alabalarga munosib. Hammasi uchun rahmat”, — deb aytib o'tdi Omon G'ofurov o'z arizasi haqida malumot berib.

Eslatib o'tamiz, 13 iyun kuni O'FA Birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ishdan bo'shash haqida ariza yozgan edi.
Rasmiy xabar: Ahmadjonovdan keyin Omon G'ofurov ham ishdan bo'shash haqida ariza yozdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar