Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Ravshan Ermatov: "Futbolimiz oldida turgan og'ir, jiddiy va masuliyatli vazifalarni bilib turib, tomoshabin bo'lish vijdonimga aslo to'g'ri kelmaydi"

FIFA hakami Ravshan Ermatov O'FA Birinchi vice-prezidenti etib saylandi.
"Yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev va sizlarga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa turli yillarda futbolimiz ravnaqiga o'z xissasini qo'shgan, futbolimiz rahbarlari va mutaxassislariga futbol jamoatchiligi va o'z nomimdan katta rahmat aytaman.

Ochig'i bu erda turishdan ko'ra futbol maydonida turish qulayroqdek tuyulmoqda (kuladi). Lekin futbolimiz oldida turgan og'ir, jiddiy va masuliyatli vazifalarni bilib turib, bir chekkada tomoshabin bo'lib turish, ona vatanimni sevishim, futbolni yaxshi ko'rishim va vijdonimga aslo to'g'ri kelmaydi. Albatta futbol bu jamoaviy o'yin. Agarda barchamiz birlashib, ahil bo'lib, faxriylarimiz duosini olib, mutaxassislarimiz, muxlislarimiz, hammamiz halollik bilan adolat bilan yondoshib, borimizni berib, yagona maqsad yo'lida futbolga xizmat qilsak ishonchim komilki har qanday qiyinchiliklarni engib o'tamiz", - deydi O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov.

Ravshan Ermatov: "Futbolimiz oldida turgan og'ir, jiddiy va masuliyatli vazifalarni bilib turib, tomoshabin bo'lish vijdonimga aslo to'g'ri kelmaydi"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar