Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 10:36 – Muhammad Salah - Yaqin SHarqni birlashtirgan qahramon 
  • 10:30 – "Barselona" "Borussiya" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi 
  • 10:30 – Bekxem Ikardini MLSga chorlamoqda 
  • 10:29 – "Napoli" futbolchisini 100 million evro evaziga PSJga qo'yib yuborishga tayyor 
  • 10:27 – "Liverpul" Muhammad Salohni Pepe tufayli sotib yuborishi mumkin 
  • 10:26 – "Atletiko" "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin 
  • 10:26 – Karikatura: To'ydagi VAR tizimi 
  • 10:25 – Ferlan Mendi - "Real"da! U 14 yoshida butkul yura olmay qolishi mumkin edi 
  • 10:24 – "Yuventus" Isko uchun 60 million evro to'lashga tayyor 
  • 10:24 – Alisher Nikimbaev: "Ermatov masuliyati va qiyinchiliklarini tasavvur qilyapman" 

"Roma" Fonsekani tanlab adashmadi-mi?

Pauluga juda masuliyatli ish topshirildi.
“Roma”ning 2018/19 yilgi mavsum so'nggi uchrashuvida ancha odam yig'ladi. “Jallorossi”da oxirgi bahsini o'tkazgan Daniele De Rossiga qo'shilib, 19 yil uni qo'llab-quvvatlagan muxlislar ham ko'z yosh to'kdi. Klaudio Raneri ham o'zini ushlab turolmadi. Murabbiy mavsum so'ngida jamoadan ketishini bilardi – u qiyin vaziyatda qadrdon klubiga bahorda yordamga kelgandi. "Roma" CHempionlar Ligasi uchun yo'llanmani qo'lga kiritolmadi. Ammo tifozilar bannerlar ko'tarib, Raneriga minnatdorchilik bildirishdi – “Janob, og'ir paytda bizni tashlab qo'ymadingiz, sizga katta rahmat”. Klaudio ham o'yin vaqtida ko'z yoshlarini zo'rg'a ushlab turdi.

Qiziq, Jeyms Pallotta ham yig'ladimi? To'g'risi, hech bir kamerada ko'zlari yoshlangan prezidentni uchratmaysiz. “Roma”ning amerikalik egasi o'yinga kelmadi! Aslida ushbu holat odatga aylanib ulgurgandi — Pallotta bu mavsum jamoasi uy o'yinlariga ham kelmay qo'ygan. Ehtimol, xayrlashuv uchrashuvini istinsno qilishni istamagandir... SHuningdek, “De Rossining kechasi”da bor etiborni o'ziga qaratib, kechani buzishni xohlamagandir. Sababi uni ko'rgan muxlislar g'azablanishi aniq edi.



Yodingizda bo'lsa, De Rossi klubdan ketishi malum bo'lgan payt prezidentga qarata haqoratli so'zlar aytilgan edi: “Pallotta, tur yo'qol!” – bu o'sha haqoratlarning orasida “eng muloyim” tarzda aytilgani edi. Jeyms boshida bunga indamagan. Lekin “La Repubblica”da “Roma”dagi mojaro haqidagi material chop etilgach, u ham jim turmadi. De Rossi Tottiga qarshi, o'yinchilar guruhi Di Francheskoga qarshi, janjal ustiga janjal. Prezident shuncha ishdan so'ng klub rasmiy saytida kattagina murojaatnomasini yozib qoldirdi – gazetalardagi xabarlar yolg'on deyishiga qaramay, klubdagi vaziyat oson emasligini inkor etolmadi. “To'g'risi, “Roma”da kimdir mendan ko'proq asabiylashyapti deb o'ylamayman. 18 oy juda og'ir o'tdi, – yozadi Palotta. – Ko'pchilik “Roma” xato qilishi, engilishini kutib turibdi. Noto'g'ri malumotlar tarqatib, o'zlaricha sensaciya qilishmoqchi. Biz hozir aynan shundaylardan o'zimizni himoya qilishimiz kerak”.

Pallotta etti yil avval “Roma”ga kelib, uni Evropa futbolining top klublaridan biri hamda Amerika bozorida mashhur brendga aylantirishga vada bergandi. Ammo o'sha vaqtdan buyon jamoa hali birorta sovrinni qo'lga kiritmadi. Ustiga-ustak, yangi stadion ham barpo etilmadi. AQSHda “Roma”ga bo'lgan qiziqish ham deyarli yo'q. Bu ham etmagandek, prezidentning ultras bilan munosabatlari yaxshi emas. Jamoa Italiya chempionatida oltinchi o'rinni egallagani va De Rossining klubdan ketishi esa vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishiga qo'shimcha to'siq bo'lishi turgan gap. Obro'sini saqlab qolishi uchun Pallottaga endi stadion ham, sovrinlar ham yordam berolmaydi. “Faqatgina klub ranglariga nisbatan ulkan muhabbat, ehtiros va sadoqat tuyg'ularini tuygan insongina “Roma” afsonasiga aylanadi”, – deydi “Roma” ixlosmandlari. Rim klubi muxlislariga ular bilan til topisha oladigan va transferlar borasida aql bilan ish tutadigan murabbiy kerak. Masalan, Palotta Salahning klubdan ketishini u APLda o'ynashni xohladi deb aytgan bo'lsa, Alisson transferi – moliyaviy feyr-pley talablari hamda “Liverpul” uchun juda foydali shartnoma ekanini takidlagan. Ammo muxlislar buni eshitishni ham istashmaydi. Ular uchun eng muhimi — nima bo'lgan taqdirda ham, yaxshi o'yinchilar jamoada qolishi shart.

Bu yil yozda “Roma”ni yanada kuchaytirish vazifasi Janluka Petrakiga topshirildi. “Torino”ning sobiq sport direktori Rim klubiga kelgani rasman elon qilinmagan bo'lsa-da, italiyalik Rimga kelib allaqachon o'z ishini boshlab yuborgan. Petraki Turinda to'qqiz yil ishladi va “buqalar” B Seriyadan elitaga qaytishida katta yordam berdi. Bu borada uning xizmatlari katta. Endi esa uning zimmasiga yanada masuliyatli ish yuklandi – Monchi bajara olmagan ishlarni uddalashi hamda barchasini ijobiy yo'l bilan hal qilishi kerak.



Petrakining taklif qilinishi Antoni Konte haqidagi mish-mishlarga sabab bo'ldi. Konte va Petraki birgalikda “Lechche”da o'ynagan va bolalikdan do'st bo'lishgan. Konte bilan muzokaralar o'tkazildi, lekin bir qator tushunmovchiliklar kelib chiqdi: maosh — (Antonio “Inter”da yiliga 12 mln evro oladi). SHuningdek, vazifa va bajariladigan ishlar to'liq ishlab chiqilmagandi. “Roma” Jan Pero Gasperini bilan qisman kelishib olgan edi, biroq keyin murabbiy “Atalanta”da qolish va bergamoliklar bilan CHempionlar Ligasida debyut qilish qaroriga keldi. Petraki yana boshqa variant izladi va Sinisha Mixaylovich hamda Roberto De Dzerbiga etibor qaratdi. Prezident maslahatchisi Franko Baldini esa Pallottaga o'z fikrini aytib, Paulu Fonsekani klubga olib kelishni taklif qildi.

Mixaylovich “Bolonya” bilan shartnomasini uzaytirdi, De Dzerbi esa kamida yana bir mavsum “Sassuolo”da qolishini malum qildi. Fonseka Rimga keldi va bir necha soat avval u bilan rasman shartnoma imzolandi.

Bo'lib o'tgan ishlar yana bir bor “Roma”ning muammolariga etiborimizni qaratadi. Ishni rejalashtirish, kelajakni ko'ra bilish, klub falsafasi haqida umuman gap ketmayapti. Yangi sport direktoriga darhol klubda boshliqlar ko'pligini bildirib qo'yishdi. Fonseka – uning tanlovi emas va bu ko'plab savollarni yuzaga keltiradi.

Petraki yangi murabbiy A Seriya ob-havosidan xabari bor bo'lishini istagandi. Ideal variantda – italiyalik, hech bo'lmaganda – Italiyada malum vaqt ishlagan bo'lishi zarur edi. Ammo buning o'rniga, “Roma” portugaliyalik murabbiyni taklif qildi. Fonseka uchun esa bu top-chempionatdagi debyut bo'ladi.



Top chempionatlarda ishlamay turib, Rimga kelgan oxirgi murabbiy Sven-Yoran Eriksson (1984 yilda) bo'lgandi. SHveciyalik yurtida “Geteborg” bilan sovrin qo'lga kiritgan, keyin ikki marta “Benfika” bilan Portugaliya chempioni bo'ladi. “Roma” bilan ikki marta ettinchi va bir marta ikkinchi o'rinni egallaydi. Bugungi kun talablaridan kelib chiqsak, jamoa ettinchi pog'onani band etsa murabbiyga o'sha zahoti chiqish eshiklari ko'rsatiladi. Fabio Kapello (1999-2004) “Roma”da ikki mavsumdan ko'proq ushlanib qolgan murabbiy hisoblanadi. Fonseka oxirgi “Roma”ning 15 yildagi 14-murabbiyi.

“Yuventus”ni CHempionlar Ligasiga olib chiqqan va “Roma” bilan Skudettoni qo'lga kiritishiga bir bahya qolgan Klaudio Raneri har ikki klub o'rtasidagi farqni aytib o'tgandi: “Turinda har bir g'alaba – bajarilishi zarur bo'lgan minimum vazifa. Rimda esa g'alabadan so'ng seni qaxramonga aylantirishadi, lekin mag'lubiyatdan so'ng er bilan bitta bo'lasan”. Rimliklarning bu jihatini yaqindagina Eusebio Di Franchesko o'z boshidan o'tkazdi – ECHL yarim finalidan murabbiy istefosini so'rab yangragan qo'shiqlargacha ko'z ochib yumguncha etib olindi. “Roma”da ko'nikish uchun vaqt berilmaydi. Kelding-mi, demak darhol natija ko'rsatishing zarur (xuddi o'n g'alabadan boshlagan Garsiya kabi) yoki eng yomoniga tayyorlanaver (masalan, Feller bor yo'g'i to'rt tur jamoani boshqargan edi).

Fonseka o'ta ehtirosli rahbariyati va ishqibozlari bor klubga o'tmoqda. Bir vaqtning o'zida jamoada jiddiy o'zgarishlar qilish vaqti kelgan. Birgina Edin Jekoning “Inter”ga o'tib ketishi “Roma”ni eng yaxshi hujumchisiz qoldirmoqda. Kostas Manolasni ham “Inter”, “Yuventus” va APL jamoalari ko'zlab turibdi, Stefan El SHaaravini o'z tarkibida ko'rishga qarshi bo'lmaganlar etarli, Aleksandar Kolarov ketishni o'ylab qolgan. Monchi olib kelgan bir qator futbolchilarning taqdiri aniq emas. Mircha Luchesku bilan “SHaxter”da birga ishlagan Karlo Nikolini yuzaga kelgan vaziyatga shunday fikr bildirdi: “Fonsekaga biz qurgan jamoani berishmoqda, u o'zi yangi jamoa shakllantirishni bilmaydi. U yaxshi murabbiy, lekin “Metallist” va “Dnepr” ham kasodga uchragan, “Dinamo”ning ham o'yini avvalgidek bo'lmay qolgan bir pallada Ukraina chempionligidan bunchalik tasirlanish noo'rin”.



Paulu ko'p tavakkal qiladi – “Roma”dagi dedlaynlar juda qiyin. Evropada ishlash niyati bo'lgan murabbiy uchun bu asosli tavakkal. Italiyaga ko'chib o'tish uchun murabbiy oyligi kamayishi hamda mahalliy OAVda yozilishicha, sobiq jamoasiga to'lanadigan tovon pulining bir qismini ham o'z karmonidan to'lab berishga rozi bo'lgan. Ana endi Fonseka, Ukrainadagi sharoitdan so'ng, haqiqiy futbol qanday bo'lishi kerakligini his qiladi – raqibning jiddiy qarshiligini sezish uchun evrokubok o'yinlarini kutish shart emas. Umuman olganda, to'xtab qolishni emas balki o'sishni istayotgan inson uchun bu juda to'g'ri qaror. Inqiroz sharoitida bo'lgan “Roma” hozirda boshqa murabbiyni taklif qilishga biroz qurbi etmaydi.

SHu sababli ham, “Roma” Fonsekani taklif qilib hech narsaga kafolat berayotgani yo'q. Portugaliyalikni munosib xizmatlari uchun jamoaga chaqirishdi – Ukraina chempionatidagi muvaffaqiyatlari juda kam gapirilgan. Lekin “SHaxtyor” evrokubokda omadli uchrashuvlar bor (jumladan, CHempionlar ligasi 2017/18 mavsumidagi birinchi uchrashuv — “Roma”ga qarshi bahs), ammo stabil o'yin etishmagan.

Avvalroq taklif qilingan chet ellik murabbiylarga etibor bersak: masalan, Feller Germaniya termasi murabbiyi va klub afsonasi edi, Zeman Italiyada o'zini tanitib ulgurgandi, Garsiya Liga 1 g'olibi sifatida kelgan, Luis Enrike timsolida esa yangi Gvardiolani ko'rishdi. Fonseka – eng maqbul tanlov emas, balki zaxiradagi bir necha murabbiylar orasidagi nomzodlardan biri edi. Boshqa tomondan, “Roma”ning muammolariga hali aniq bir echim yo'q – buyog'i endi omadga bog'liq. Xo'sh, siz nima deb o'ylaysiz, Baldinining taklifi o'zini oqlay olarmikan?!
"Roma" Fonsekani tanlab adashmadi-mi?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram