Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 10:36 – Muhammad Salah - Yaqin SHarqni birlashtirgan qahramon 
  • 10:30 – "Barselona" "Borussiya" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi 
  • 10:30 – Bekxem Ikardini MLSga chorlamoqda 
  • 10:29 – "Napoli" futbolchisini 100 million evro evaziga PSJga qo'yib yuborishga tayyor 
  • 10:27 – "Liverpul" Muhammad Salohni Pepe tufayli sotib yuborishi mumkin 
  • 10:26 – "Atletiko" "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin 
  • 10:26 – Karikatura: To'ydagi VAR tizimi 
  • 10:25 – Ferlan Mendi - "Real"da! U 14 yoshida butkul yura olmay qolishi mumkin edi 
  • 10:24 – "Yuventus" Isko uchun 60 million evro to'lashga tayyor 
  • 10:24 – Alisher Nikimbaev: "Ermatov masuliyati va qiyinchiliklarini tasavvur qilyapman" 

Ektor Kuper: "Ahmedov hozir ham naf keltirmoqda, lekin istalgan payt uning o'rnini almashtirishimiz mumkin"

O'zbekiston - Suriya (2:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Ektor Kuper o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugungi o'yinda yaxshi taraflar ham, menga yoqmagan jihatlar ham kuzatildi. Birinchi bo'limda menga yoqmagan holatlar bo'ldi. CHunki men rejalashtirgan vazifalarni jamoa amalga oshirmadik. Goldan so'ng erta xotirjamlikka berildik. Ikkinchi taymda esa pressing uyushtirishda yaxshiroq o'ynadik. Bu esa menga yoqdi. Balki pressing doim ham o'xshamagandir, lekin ko'rsatmani amalga oshirishga harakat menga manzur bo'ldi. Mazkur o'yinda biz ko'plab yangi futbolchilarni sinab, ularga imkon qadar ko'proq vaqt berdik. Yoshlar futbolchilarga bu katta masuliyat yuklaydi. Umuman olib qaralsa, hammasi yaxshi chiqdi. Buyog'iga tajriba o'tkazish uchun vaqt bo'lmaydi. Kelgusi o'yin rasmiy bahsga aylanadi. SHuni aytishim mumkinki, bu yig'indan ko'nglim to'ldi. Tanaffusga mamnun holda chiqib ketyapman. Eng asosiysi, futbolchilar ko'rsatmalarimni yaxshi bajarishdi. Yani, ular qiyin vaziyatda o'zlarini ko'rsatishdi.



- Maydon sifati o'yinga qay darajada tasir qildi va bu holat keyinchalik ham o'nglanmaydigan bo'lsa, unda nima qilasiz? (Alisher Xolmatov, championat.asia)

- Bir hafta oldin maydonni ko'rganimda, uning holati yaxshi edi. Men maydon bo'yicha ekspert emasman. Umuman men hech narsa bo'yicha ekspert emasman. Lekin ko'rganimda, maydon chimi o'yin paytida ko'chib ketish ehtimoli mavjudligini bilgandim. Yani shunday shubha bo'lgandi. Lekin buni bahona sifatida ishlata olmaymiz. Nima ham qilardik. Ikkala jamoa ham bir xil sharoitda o'ynamoqda. Qaytarib aytaman, men ko'rgan paytda maydon ideal holatda edi. Lekin o'yinda...

O'ylaymanki, saralash bosqichiga qadar maydon sifatini yaxshilashadi. Bu ishni amalga oshirish oson emas. Rasmiy uchrashuvga qadar buni to'g'rilash etarli bo'ladimi yoki yo'q, buni bilmadim.



- Tanaffusdan so'ng darxol futbolchi almashtirmadingiz. Ikkinchi bo'lim o'rtasidan boshlab, yani o'yin taqdiri hal etilgach o'zgartirishlarni boshladingiz. SHunday kelib chiqsak, mazkur tarkib saralash bosqichida ham asosiy futbolchilar bo'lishadimi? (O'tkir Jalolxonov, kun.uz)

- Albatta terma jamoaning asosi mavjud. Yani terma jamoaning asosiy bazasi mavjud. Lekin doim o'zgartirishlarni amalga oshirishga harakat qilamiz. Bazida ushbu rotaciyalarni amalga oshiradigan bo'lsak, qaysidir rejamiz ish bermay, o'xshamay qolish ehtimoli bo'ladi. Terma jamoaning asosi bor, lekin kelgusi saralash bosqichi doirasidagi yig'inda boshqa, yangi nomlar ham bo'lishi mumkin. Buni inkor etib bo'lmaydi. Hozirgi ro'yxatdagi futbolchilar esa o'shanda tarkibda bo'lmasligi ham mumkin.



- Natija yaxshi bo'ldi. Lekin o'yin davomida futbolchilarda tartib jihatdan o'yin tashkil etishda oqsash kuzatildi. Hujumlarga o'tishda ham jamoa faol emas. Doim SHomurodovga to'pni tashlash orqali hujum tashkil etilmoqda ((Hasanli ota, jurnalist)

- Haqsiz. Bazi futbolchilar xotirjamlikka berildi. Lekin agarda SHomurodov orqali hujumlarni tashkil etish naf keltirayotgan bo'lsa, nega bunday qilmasligimiz kerak? Yaxshi futbolchimizdan optimal formasida payti to'liq foydalanish lozim. Agar hujum haqida gapiradigan bo'lsak, to'g'ri, kamchilik va xatolar bo'ldi. Lekin buni to'g'rilash imkoniyatiga ega bo'lamiz. SHomurodovning hozirgi formasidan esa maksimum foydalanishimiz kerak.



- Ikkita o'yinda jamoa yutdi. Yaxshi. Lekin har ikkala uchrashuvda jamoa bir futbolchi kam o'ynamoqda. Yani, Ahmedovni nazarda tutyapman. Odil Ahmedov nega tarkibga kiritilmoqda? (Podrobnouz jurnalisti)

- Bo'lishi mumkin. Men 25-30 yildan buyon murabbiylik qilyapman. Lekin bu men xato qilmasligimni anglatmaydi. Balki xato qilayotgandirman. Ammo sardorimiz Odil Ahmedov terma jamoamiz o'yiniga katta naf tegdirmoqda. Bizning tahliliy natijalarga ko'ra, Ahmedov hozir ham yaxshi o'ynamoqda. Lekin biz doim kuzatib boramiz va uning faoliyatida pasayish bo'lishi bilanoq Ahmedovning o'rnini o'zgartirishga tayyormiz.



- Savolim shundayki, mazkur yig'in davomida o'tkazilgan 3 o'yinda to'rt nafar futbolchilar: Ismoilov, Ahmedov, Hamrobekov va Masharipov to'liq boshlang'ich tarkibda tushdi va barcha bahsda o'ynadi. So'ramoqchi bo'lganim, bu futbolchilar sizning qarashingiz bo'yicha hozir asosiy tarkibning muqim futbolchisimi yoki ularni o'rnini kerak paytda to'ldiradigan zaxira yo'qligini anglatadimi? (SHahboz Beg'amov, "championat.asia")

- Sanab o'tgan futbolchilaringizni almashtirib bo'lmaydigan futbolchilar demagan bo'lardim. Buni istagan paytda amalga oshira olamiz. Lekin men boshqa narsani rejalashtirgandim. Yani, boshqa futbolchilarga ko'proq imkoniyat berish uchun terma jamoaning boshqa asosiy o'zagini tarkibda qoldiramiz. Muvozanat buzilib ketmasligi va xavfsizlik uchun ularni doim tarkibda qoldirdim. Natijani esdan chiqarib, butkul yangi tarkibni tushirib qo'rish ham mumkin. Lekin bu juda qiyin bo'ladi.
Ektor Kuper: "Ahmedov hozir ham naf keltirmoqda, lekin istalgan payt uning o'rnini almashtirishimiz mumkin"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram