Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 10:36 – Muhammad Salah - Yaqin SHarqni birlashtirgan qahramon 
  • 10:30 – "Barselona" "Borussiya" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi 
  • 10:30 – Bekxem Ikardini MLSga chorlamoqda 
  • 10:29 – "Napoli" futbolchisini 100 million evro evaziga PSJga qo'yib yuborishga tayyor 
  • 10:27 – "Liverpul" Muhammad Salohni Pepe tufayli sotib yuborishi mumkin 
  • 10:26 – "Atletiko" "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin 
  • 10:26 – Karikatura: To'ydagi VAR tizimi 
  • 10:25 – Ferlan Mendi - "Real"da! U 14 yoshida butkul yura olmay qolishi mumkin edi 
  • 10:24 – "Yuventus" Isko uchun 60 million evro to'lashga tayyor 
  • 10:24 – Alisher Nikimbaev: "Ermatov masuliyati va qiyinchiliklarini tasavvur qilyapman" 

"Paxtakor" darg'alaridan biri Ahrol Inoyatov 74 yoshga to'ldi

Bugun o'zbek futboli tarixida ham futbolchi, ham murabbiy, ham jonkuyar rahbar sifatida yorqin iz qoldirgan Ahrol Inoyatov oilasi davrasida qutlug' 74 yoshini nishonlamoqda.
"Paxtakor" tarkibidagi eng yorqin o'yinchilardan biri, metin himoyachi, sport ustasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Ahrol Inoyatov 1945 yilning 11 iyun kuni Toshkent shahridagi "Taxtapul" mahallasida Inoyat aka va Lutfi ayalar bosh bo'lgan xonadonda dunyoga kelgan. Avvaliga 150-maktabda, keyin O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Moskvadagi murabbiylar tayyorlash oliy maktabida tahsil olgan. O'n yoshga to'lgach, yurtimizning mashhur murabbiylaridan biri Maruf Akbarov rahbarligidagi spartakchilar guruhi o'zining qish oylarida mashg'ulotlarini Lal Bahodir SHastri nomidagi 24-maktab sport zalida olib borayotgan jamoaga qo'shildi. Bolalar va o'smirlar o'rtasidagi turli musobaqalarda maydonga tushdi. 17 yoshga to'lgach, Sergey Arutyunov boshchiligidagi yoshlar terma jamoasiga Zalar Sanatulov, Sayfiddin Qudratov Davlat Ortiqov, Zafar Rasulov singari tengdoshlari bilan qabul qilindi. Ular o'sha yili Volgograd shahrida bo'lib o'tgan Butunittifoq maktab o'quvchilari Spartakiadasida ishtirok etdi.



1965 yilning 6 iyun kuni Ahrol Inoyatov ilk bor "Paxtakor"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Mehmonda ASK "Odessa"ga qarshi kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi. Oradan 15 kun o'tgach endi u hamshaharlari ko'z o'ngida imtixondan o'tdi: "Paxtakor" - "Zenit" (Leningrad) 3:2. Umuman olganda bugungi kun qahramoni oliy va birinchi liganing jami 158ta uchrashuvida maydonda harakat qildi. Himoyachi bo'lishiga qaramay, raqiblar darvozasini 3 marotaba ishg'ol qildi. Bir necha yil davomida "Paxtakor"ni sardori sifatida maydonga boshlab tushdi.

1971 yilning 14 may kuni Rostov-Don shahrida mahalliy armiyachilar bilan bo'lgan uchrashuv chog'ida olingan jarohat (oyoq tizzasida pay tomiri cho'zilishi) tufayli u Moskvada mashhur shifokor, professor Zoya Mironova rahbarligidagi klinikada operaciya qilindi. Jarohatdan so'ng safga qaytgan Inoyatov avvalgidek sport formasiga kira olmadi. Bunga uning qaytalab qolgan jarohati yo'l qo'ymadi va 1972 yili 27 yoshida katta futbol bilan xayrlashishga majbur bo'ldi.



Ahrol Inoyatov “Paxtakor”dagi debyutini shunday eslaydi.

- Jamoaga o'tganimda Aleksandr Keller bosh murabbiy, Lyov Olshanskiy uning yordamchisi va o'rinbosarlar tarkibini shug'ullantirar edi. Ulardan keyin Gavriil Dmitrievich Kachalin har ikkala tarkibga bosh murabbiy etib tayinlandi. “Paxtakor” shunday jamoa ediki, hamma bir-birini qo'llardi. Vaholanki, tarkibda raqobat juda kuchli, ammo ish boshqa, hayot boshqa edi. Jamoaga tez kirishib ketishimiz tarkibdagi faxriy o'yinchilarning qo'llab-quvvatlashi bilan bog'liq deb o'ylayman. Boisi, Hamid Rahmatullaev, Akmal Azizxo'jaev kabi tajribali o'yinchilar nafaqat maydonda, balki hayotda ham juda ko'p maslahatlar bergan. Qizig'i, asosiy va o'rinbosarlar tarkibi o'zaro maydonga tushganida hech kim bir-birini ayamasdi, lekin bu qarama-qarshilik maydonning o'zida qolib ketardi. Jamoa mashg'ulotlari yakuniga etgach, deyarli hech kim maydondan chiqib ketmasdi. Futbolchilar o'z kamchiliklari ustida ishlardi. Hech esimdan chiqmaydi, Dmitrievich tushdan keyin soat 15:00 va 16:00da, issiqda o'rinbosarlarni, so'ng asosiy tarkibni shug'ullantirardi. SHug'ullantirganda ham professional tarzda, ishiga o'ta jiddiy yondoshib, bajarardi. Hozir ham ishiga bu darajada jiddiy yondoshadigan murabbiylar kam. Boisi, jamoa bosh murabbiyi o'rinbosarlar tarkibini shug'ullantiravermaydi. “Paxtakor”dagi faoliyatim 10 yil davom etdi. 1972 yil 27 yoshimda tizzamdan olgan jarohatim butsalarimi mixga ilishimga sabab bo'ldi.



Ahrol Inoyatov futbolchilik faoliyati erta yakunlanganidan so'ng Moskvada ikki yil murabbiylarni tayyorlash oliy maktabida malakasini oshirdi. Murabbiylik faoliyatini 1980 yilda mamlakat chempionatining birinchi ligasida ishtirok etuvchi Jizzaxning "Bo'ston" jamoasida boshladi. 1987-1988 yillarda Iroq o'smirlar va yoshlar terma jamoasiga ustozlik qildi. 1993-1994 yillarda jonajon "Paxtakor" jamoasiga murabbiylik qildi. O'tgan asrning so'nggi yillarida futzalda ham o'zini sinab ko'rdi. Uning rahbarligidagi Andijonning "Turon-S" jamoasi uch marta O'zbekiston chempioni bo'ldi.

Inoyatov faoliyati davomida ro'y bergan qiziqarli voqealardan birini shunday eslaydi.

- Odatda rasmiy o'yindan bir kun avval o'tkaziladigan mashg'ulot engil o'tadi. 40-45 daqiqadan ko'p bo'lmaydi. Futbolchilar ham shunga ruhan tayyor bo'lishadi. Qaysi mavsum eslay olmayman, Moskvada “Spartak”ka qarshi o'ynashimiz kerak. Bir kun oldingi mashg'ulotlarga chiqdik, naqd ikki soat davom etdi. Yakushinga hech kim hech narsa deya olmaydi. Hayronmiz, ertaga jiddiy o'yinimiz bor, biz 2 soatdan beri mashg'ulot o'tkazyapmiz. Oxiri yordamchi murabbiyga murojaat qildik. U “ayyor Mixey”ga mashg'ulotni tugatsak bo'lar, degandi quyidagi javobni oldi: “Kashaning mazasini sarig'yog' bilan buza olmaysan”. Nima demoqchi? Mashg'ulot qancha ko'p bo'lsa ham ziyoni yo'q.Ertasi kuni “Lujniki”da “Spartak”ka qarshi ajoyib o'yin o'tkazib, so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol sababli g'alabani qo'ldan chiqarganmiz. “Paxtakor” chempionat o'yinlarida Moskvaning barcha klublarini zir titratardi. SHuning uchun barcha rus jamoalari biz bilan bo'ladigan bahslarga o'ta jiddiy yondoshardi. Eslayman, Moskvada “Torpedo”ga qarshi o'ynishimiz kerak. O'yin kungi badantarbiyaga bosh murabbiy Yakushin kelmadi. Hayron bo'ldik. Keyin “Torpedo” azolari bizning sardorga aloqaga chiqib, durang o'ynashni taklif qildi. Tabiiyki, biz bunga ko'nmadik. Vaholanki, raqib safida kamida besh nafar milliy terma jamoa azosi bor edi. Xullas, yigitlar bilan kelishib, o'yinda borimizni berishimizni gaplashib oldik. Lekin ertasi kuni omadimiz kelmadi va 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchradik.



1975 yilda Ahrol Inoyatov bo'ydoqlik hayoti bilan xayrlashdi. Rafiqasi bilan ikki o'g'il (Sardor va Alisher) farzandni dunyoga keltirib, voyaga etkazishdi. SHu kunlarda oila rahbarlari farzandlar va nevaralar davrasida Yaratganga shukronalar aytgan holda baxtli va ibratli hayot kechirmoqdalar. Biz ham saytimiz va uning o'quvchilari nomidan Ahrol akani bugungi tavallud ayyomlari bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
"Paxtakor" darg'alaridan biri Ahrol Inoyatov 74 yoshga to'ldi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram