Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

O'ZBEKISTONDA TOTALIZATOR VA KELISHILGAN O'YINLARDA ISHTIROK ETA YOTGAN SHAXSLAR ANIQLANDI

O'FA futbol klubi murabbiyini bir umrga futbolga aloqador barcha faoliyatdan chetla
shtirdi. Boshqa bir jamoa rahbari esa 1 yilga futboldan chetlashtirilib, 20 mln so'm
jarimaga tortildi.

O'ZBEKISTONDA TOTALIZATOR VA KELISHILGAN O'YINLARDA ISHTIROK ETA YOTGAN SHAXSLAR ANIQLANDI

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida “Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirov
totalizator va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etish holati bo'yicha tekshiruv o'tkazish
uchun O'zPFLga murojaat qildi, deb xabar bermoqda O'FA matbuot xizmati.



Xatda “Zarangari” futbol klubining besh nafar futbolchisi kelishilgan o'yinlarda gu
mon qilinayotgani aytilgan bo'lib, ularning ism-shariflari aniq ko'rsatib o'tilgan.



Keyinroq ma'lum bo'lishicha, klub rahbariyatining o'zi nohalol futbolga yo'l ochib berg
an va bu ishga unamagan futbolchilarni tuhmat tariqasida jamoadan chetlashtirish chora
sini ko'rmoqchi bo'lgan.



Furqat Toirovning o'zi “Zarangari”da moliyaviy muammolar borligini ro'kach qilib, j
amoaning barcha ishlariga endilikda Sherzod Sattorov javobgar bo'lishini futbolchila
rga rasman ma'lum qilgan (Sherzod Sattorov O'zPFL ro'yxatidan “Ittifoq-Buxoro” fu
tbol klubi bosh murabbiyi sifatida o'tgan). “Zarangari” futbolchilari F.Toirovdan h
ozirgi kungacha bo'lgan moliyaviy hisob-kitobni qilishini talab qilishgan. Mana shu ma
salada muammo kelib chiqqan.



Keyinchalik SH.Sattorov barcha masalani o'zi hal qilishini, kerak bo'lsa transfer oyna
si ochilmayoq yangi futbolchilarni jamoaga olib kelishga kuchi yetishi haqida aytgan. Oyl
ikdan tashqari pul ishlash niyatida bo'lgan futbolchilar uning ko'rsatmasi bilan totali
zatorda ishtirok etishlari kerakligini uqtirmoqchi bo'lgan.



Ma'lum bo'lishicha, SH.Sattorov hamda F.Toirov rejasiga unamagan futbolchilarni O'z
PFL orqali gumonlantirilib, ulardan xalos bo'lishni istagan. Rahbarlardan farqli o'
laroq, futbolchilar alohida-alohida suhbatdan o'tkazilganda, ularning fikrlari asosl
i bo'lib, jamoa a'zolari faktlar asosida ko'rsatma berganlar.



Shuningdek, mavjud audioyozuvga ko'ra, SH.Sattorov O'FA va O'zPFLning ayrim xodimlar
ini haqorat qilib, tuhmat qilgan.



Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'FA Intizom va odob-axloq (etika) qo'mitasi “Ittifo
q-Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Sherzod Sattorovning qilmishlari kechirib bo'lma
s, deb hisobladi va uni bir umrga futbolga aloqador barcha faoliyatdan chetlashtirdi.



O'FA Intizom va odob-axloq qo'mitasi “Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toir
ovni 1 yilga futboldan chetlashtirdi va 20 million so'm jarima jazosi qo'lladi. Keyi
ngi tekshiruvlar jarayonida uning ham kelishilgan o'yinlarga aloqadorligi aniqlansa,
jazo o'zgartiriladi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar