Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Suriya bosh murabbiyi: "O'zbekistonlik futbolchilar jismonan yaxshi tayyorgarlikka ega"

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Fajr Ibrohim ertaga O'zbekistonga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
-Osiyo kubogi ortda qolganiga ancha bo'ldi. Maqsadimiz oldinda turgan JCHga munosib tayyorlanish. Ayni paytdagi vazifamiz terma jamoani yangidan shakllantirishdir. Bu borada ayniqsa Olimpiya terma jamoasiga tayanamiz. Lekin, ushbu yig'in doirasidagi o'rtoqlik uchrashuvlari uchun, Eron va O'zbekistonga qarshi bahslarga mahoratli futbolchilarni ham olib keldim. Ammo, kelajakda terma jamoaga asosan Olimpiya terma jamoasidan futbolchilar jalb etiladi. Bu bizning strategiyamiz.



-Eshitishimizcha, Omar Xarbin raqibga qarab terma jamoaga kelish-kelmaslikni hal qiladi. SHu haqida nima deya olasiz?

- Bilasizmi? Tarix ortda qoldi. Bu o'sha davrda ishlagan insonlar bilan bo'lgan holat. Men hozir ishlayotgan futbolchilar haqida gapiraman. U nima uchun kelmadi? U oilaviy sabablarga ko'ra O'zbekistonga tashrif buyurmadi.



-SHtangedan so'ng nimani o'zgartirishga erishdingiz? O'z uslubingizni jamoaga singdira oldingizmi?

-Bundan oldin ham aytib o'tgandim. Asosiy maqsadim - Suriya terma jamoasini sekin-asta yoshartirib borish. Bunda men Olimpiya terma jamoasi o'zagiga ishonch bildiraman.



-Ertangi o'yinda O'zbekiston terma jamoasining qaysi nuqtasidan xavfsiramoqdasiz?

-Men jamoaning Turkiya va KXDRga qarshi o'yinini ko'rdim. Ushbu jarayonda amin bo'ldimki, O'zbekistonda mahoratli futbolchilar etarli. Yana bir jihat borki, futbolchilaringiz jismoniy tomonlama yaxshi tayyorgarlikka ega.



-Suriya avvalgi JCH saralashida kuchli o'yin namoyish etib, pley-offgacha etib borgandi. Bu safar esa jamoa Eronda sharmandali mag'lubiyatni qabul qilib oldi...

-O'tgan safar saralash jarayonida Suriyani men tayyorlagandim. O'sha payt O'zbekistonga qarshi ikkita o'yin o'tkazgandik. U mahal biz har tomonlama yaxshi sharoitda edik. Lekin, hozirda bizda ko'pgina o'zgarishlar bor. Hozirgi va avvalgi sharoitni taqqoslay olmaymiz. Biz hozir barqarorlikni ushlab olishimiz lozim. Men terma jamoaga yangi qon olib kirmoqchiman va bu biz uchun eng muhimi. Eronga qarshi natija juda uyatli, lekin bu futbol va unda bunday natijalar bo'lib turadi. Asosiysi, kelajakda bunday muammolarni bartaraf etishdir.

Suriya bosh murabbiyi: "O'zbekistonlik futbolchilar jismonan yaxshi tayyorgarlikka ega"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar