Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

ECHLda g'olib bo'lmoqchimisiz? "Groningen" akademiyasiga boring!

Kamtarona "Groningen" akademiyasidan chempionlar ligasi bosh sovrinigacha bo'lgan yo'l.
"Groningen" nomi ko'pchilikka notanish hisoblanadi. CHunki, klub hech qachon Gollandiya milliy birinchiligida eng kuchlilardan hisoblanmagan. Sovrinlar muzeyida birgina Gollandiya Kubogi mavjud xolos.

Jamoa akademiyasi jahon futboli bozoriga doimiy ravishda eng kuchli futbolchilarni chiqarmaydi. Aftidan, akademiya ishida son emas, sifatga yuksak etibor beriladi. Zero, Ronald Kuman, Aren Robben va Virjil van Deyk nomi yangrasa, o'z poziciyasidagi eng kuchli futbolchilar ko'z o'ngimizda gavdalanadi. Hozir shular haqida qisqacha.

Kichik Kuman. Etmishinchi yillar oxirida Kumanlar oilasidan ikki futbolchi etishib chiqdi. Aka-ukalarning har ikkovi ham "Groningen" maktabi tarbiyachilari hisoblanib, professional futboldagi ilk odimlarini ushbu jamoa safida tashlaganlar. Ularning kenjasi Ronald jamoa sharafini 1980/83 yillarda himoya qildi. Keyinchalik "Ayaks", PSV, "Barselona" va "Feeynord"da faoliyat olib borgan Ronald Kuman jahon futboli tarixidagi eng yaxshi goleador himoyachiga aylandi. Takidlash joizki, Ronald 1991/92 yilgi mavsumda UEFA chempionlari kubogida "Barselona" bilan zafar quchgan edi. Murabbiylik faoliyati nisbatan muvaffaqiyatsiz o'tayotgan Kuman hozir Gollandiya milliy terma jamoasi rulini boshqarish bilan ovvora.








Aren Robben. 2003 yilda "Yoxan Kroyf" mukofotini qo'lga kiritganidayoq uning yaqin yillarda golland futboli yo'lboshchisiga aylanishi taxmin qilingandi. Aren faoliyatini "Groningen"da boshladi. Jamoa asosiy tarkibidagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin 2002 yil PSV tarkibiga borib qo'shildi. Keyingi faoliyatida grand klublar sharafini himoya qildi. Omadsiz finallardan keyin, 2013 yilgi Evropa chempionlar ligasi finalida hal qiluvchi to'pni kiritgan futbolchi ham "Groningen"ning kamtar akademiyasida tarbiya topgandi.






Virjil Van Deyk. Bugun jahon futbolida eng ko'p muhokama qilinayotgan Virjil yakunlangan mavsumda ECHL g'olibligini tantana qildi. Mudofaada bexato harakatlanadigan golland ham futbolning dastlabki saboqlarini "Groingen"da olgan. Bugun milliy terma jamoasining sardoriga aylangan futbolchi "Seltik" va "Sautgempton"dagi faoliyatidan keyin 2018 yilda "Liverpul" jamoasiga o'tgandi.






SHuningdek, urugvaylik Luis Suares evrofutboldagi ilk qadamlarini aynan shu jamoa safida tashlagan edi. U 2006/07 yillarda jamoa sharafini himoya qilgan. Etiborlisi yuqoridagi futbolchilarning hammasi Evropa chempionlar ligasida zafar quchishgan.



ECHLda g'olib bo'lmoqchimisiz? "Groningen" akademiyasiga boring!
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar