Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

2020 yilgi UEFA Superkubogi Qozog‘istonda o‘tishi mumkin

UEFA 2020 yilgi UEFA Superkubogiga mezbonlik qilishni istab, ariza topshirgan mamlakatlar ro‘yxatini ma’lum qildi.

Arizalarni olish ishi 2017 yilning 8 dekabrida start olgan edi va 2018 yilning 12 yanvar kuniga qabul nihoyasiga etdi.

2020 yilgi Evropa chempionati o‘tadigan mamlakatlar o‘sha yili bo‘lib o‘tadigan UEFA Superkubogi o‘yiniga mezbonlik qilish uchun ariza topshirish huquqiga ega bo‘lmasligini aytish joiz.

2020 yilgi UEFA Superkubogini o‘zida o‘tkazishni istab murojaat qilganlar

Albaniya, Tirana, «Natsionalnyy»

Belarus, Minsk, «Dinamo»

Isroil, Xayfa, «Sammi Ofer»

Qozog‘iston, Almota, «Markaziy»

Moldova, Kishinyov, «Zimbru»

Portugaliya, Portu, «Dragau»

Shimoliy Irlandiya, Belfast, «Uindzor Park»

Finlyandiya, Xelsinki, «Olimpiyskiy»

Frantsiya, Nitstsa, «Stad-de-Nis».

Ushbu arizalar yuridik kuchga ega emas. Barcha yakuniy arizalar 2018 yilning 29 mart sanasiga qadar qabul qilinadi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar