Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

CHempionlar ligasi. Final. "Tottenxem" - "Liverpul" (prevyu)

Evropada futbol mavsumining so'nggi va eng muhim o'yinida ikkita ingliz klubi bellashadi.
2018/19 mavsum APL hukmronligida o'tdi. "CHelsi" va "Arsenal" Evropa ligasi finalida to'qnash kelishdi, "Liverpul" va "Tottenxem" esa CHempionlar ligasi finalida. Angliyaning eng yaxshi jamoasi esa ketma-ket 14ta uchrashuvda g'alabaga erishib, APL chempioniga aylandi.



Finalgacha bo'lgan yo'l



Vaqtni orqaga qaytaradigan bo'lsak, "Tottenxem" va "Liverpul" xatto pley-off uchrashuvlarida ham ishtirok etmasligi mumkin edi.

Maurisio Pochettino jamoasi guruh bosqichida "Barselona", "Inter" va PSV kvartetidan joy oldi. Uchta turdan so'ng "shporlar" hisobida bor-yo'g'i 1 ochko bor edi. Muhim bahslarda "Tottenxem" PSV va "Inter"ni "Uembli"da mag'lub etdi, ammo ikkinchi o'rin uchun kamlik qilardi. So'nggi turda ular "Kamp Nou"da Kataloniya klubini taslim qilishi kerak edi. "Tottenxem"ning kuchi durangga etdi, ammo parallel uchrashuvda "Inter" PSVni mag'lub eta olmay, "shporlar"ga yordam berib yubordi.



"Liverpul" "o'lim" guruhiga tushdi. Kvartetda inglizlardan tashqari PSJ, "Napoli" va "Crvena Zvezda" bor edi. Yurgen Klopp jamoasi mehmondagi barcha o'yinlarda mag'lub bo'ldi. "Enfild"da o'tgan "Napoli"ga qarshi bahs "qizillar"ning kelajagini aniqlab berardi. Durangga ham rozi bo'lgan Neapol klubi gol o'tkazib yubordi. So'nggi daqiqalarda Arkadiush Milikning o'ta xavfli zarbasini qaytargan Alisson Beker o'z jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.



Pley-off bahslari dramalarga boy bo'ldi.

"Tottenxem" chorak finalda katta yo'qotishlar bilan "Manchester Siti"ni mag'lub etdi. Uydagi 1:0 va mehmondagi 3:4 "shporlar"ga yarim finalda o'ynash imkoniyatini berdi. Lorentening qo'l bilan urgan goli, "shaharliklar"ning qo'shimcha vaqtda VAR yordamida bekor qilingan to'pi, Xosep Gvardiolaning emociyalari...



1/8 va 1/4 bosqichlarda "Bavariya" va "Portu"ni mag'lub etgan "Liverpul" yarim finalda "Barselona"ga to'qnash keldi. Kataloniya klubi o'z stadionida inglizlarni yirik hisobda taslim etdi (3:0). Biroq Yurgen Klopp yana bir bor kuchli murabbiy ekanligini isbotladi va "Liverpul" 4:0 hisobida g'alabaga erishib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.



"Tottenxem" yarim finalning ilk uchrashuvida "Ayaks"ga imkoniyatni boy berdi (0:1). SHunga qaramasdan London klubi mehmonda 3:2 hisobida zafar quchib, bu yilgi finallarda faqat inglizlar o'ynashini taminladi.





Qiziqarli malumotlar

- "Liverpul" so'nggi bor 2005 yil evrokubok sohibiga aylangan. Istanbuldagi CHempionlar ligasi finalida ular "Milan"ni taslim qilishgan edi.

- Yurgen Klopp "Liverpul"ga kelganidan so'ng evrokuboklarda 2ta uchrashuvdan iborat bo'lgan bosqichda mag'lub bo'lmadi. 2015/16 mavsumda ingliz klubiga kelgan germaniyalik mutaxassis o'sha yili jamoa bilan Evropa ligasi finaliga chiqdi. Keyingi mavsum ular evrokuboklarda ishtirok etishmadi. So'nggi ikki futbol yilida Klopp "Liverpul"ni CHempionlar ligasi finaligacha olib chiqdi.

- Yurgen Klopp jamoalari so'nggi 7ta finalning 6tasida mag'lub bo'lgan.





Taxminiy tarkiblar

"Tottenxem": Loris, Rouz, Vertongen, Alderveyreld, Tripper, Eriksen, Vanyama, Sissoko, Alli, Moura, Son.

O'ynamaydi: Ben Devis.

So'roq ostida: Yan Vertongen, Garri Uinks, Garri Keyn, Devinson Sanches, Viktor Vanyama.



"Liverpul": Beker, Robertson, van Deyk, Matip, Aleksandr-Arnold, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Saloh.

O'ynmaydi: Naib Keyta.

CHempionlar ligasi. Final. "Tottenxem" - "Liverpul" (prevyu)




Murabbiylarning qisqa fikrlari

Maurisio Pochettino ("Tottenxem"): "Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. O'tgan mavsum "Liverpul"ni mag'lub etgan bo'lsak, bunisida ular bizni taslim qilishdi. SHu kungacha o'tkazilgan bahslar hisobga o'tmaydi".

Yurgen Klopp ("Liverpul"): "Joriy mavsum "Tottenxem"ni ikki marta 2:1 hisobida taslim etdik. SHunday ekan, finalda birorta jamoa etakchi deya olmayman.

Germaniyada ko'pchilik "Tottenxem"ga muxlislik qilishini bilsam juda xafa bo'laman, chunki "shporlar" safida birorta nemis yo'q".скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar