Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

"Paxtakor" nazorat o'yinida "Partizani"ni mag'lub etdi

"Paxtakor" Turkiyadagi uchinchi nazorat bellashuvida Albaniya yuqori ligasi vakili "Partizani"dan ustun keldi.
O'yin boshida raqib hisobni ochdi. Asani aniq zarbasi alban jamoasini oldinga etakladi. Oradan ko'p o'tmasdan jamoamiz hisobni tenglashtirdi. Tiago Bezerra penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. 34-daqiqada Azim Ahmedov "Partizani" darvozasini ishg'ol qildi va tanaffusga "Paxtakor" kichik ustunlik bilan yo'l oldi.
Ikkinchi bo'lim boshida Jasur Hakimov ilk hujumdayoq albaniyaliklar darvozasiga uchinchi golni urdi. 3:1 hisobidagi natija bellashuv oxirigacha o'zgarmadi. So'nggi nazorat o'yini 20 yanvar kuni Makedoniyaning "Vardar" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
"PAXTAKOR" - "PARTIZANI" - 3:1 (2:1)
"Paxtakor": Lobanov, Kozak (Andreev, 68), Simich (Tojiev, 68), Azamov (Ismatullaev, 68), SHorahmedov (Cayfiev, 68), Rahmatullaev (Sindarov, 68), Ahmedov (Ahmadov, 68), Masharipov (Ibrohimov, 68), Iskanderov (Kanyuk, 68), Abdurahimov (G'anixonov, 68), Bezerra (Hakimov, 46).
Gollar: Bezerra 17-pen, Ahmedov 34, Hakimov 46 - Asani 10.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar