Biz bilgan "matraschilar" davri yakunlandi yoxud Grizmann ham ketmoqda » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:00 – "Manchester Siti" Xosep Gvardiolaga 5 yillik shartnoma taklif qiladi 
  • 14:58 – Firmino mashg'ulotlarga qaytdi 
  • 14:57 – "Real" Toni Kroos borasida rasmiy xabar elon qildi 
  • 14:57 – Gvardiola "Manchester Siti"dagi ishi CHempionlar Ligasi orqali baholanadi deb hisoblaydi 
  • 14:56 – Klopp Ronaldu bilan ishlashni istamadi 
  • 14:55 – Reyting. "Oltin butsa" uchun kurashda Mbappe Messidan o'tib ketishi mumkin, ammo... 
  • 14:54 – Messi faoliyatida oltinchi marta bir mavsumda 50ta va undan ko'p gol urdi 
  • 14:53 – Franciya chempionati ramziy terma jamoasi elon qilindi 
  • 14:53 – Zidan: "Agar menda 4ta o'zgarish imkoniyati bo'lganda ham, Beylni tushirmasdim" 
  • 14:52 – Gattuzo: "Milan"da qolishga umid qilyapman" 

Biz bilgan "matraschilar" davri yakunlandi yoxud Grizmann ham ketmoqda

Franciyalik o'yinchi Antuan Grizmann tez orada "Atletiko" safidan ketadi, ammo qaysi klub tomon yo'l olishi hali malum emas.
Oradan bir yil o'tib fikri o'zgardi

Antuan Grizmann “Atletiko”da qolmaydi va shu yozda boshqa klubga ketadi – to'g'ri shunga o'xshash gaplarni ikki yil ichida kamida 10-15 marotaba eshitgansiz, ammo bu xabar yuz foiz to'g'ri. Madrid klubi sahifasiga video lavha joylashtirdi. Unda jamoa etakchisining murojaati aks etgan bo'lib, ortga yo'l yo'qligi va bu xayrlashuv ekani aytilgan.

“Meni yaxshi ko'radigan muxlislarimga klubdan ketmoqchiligimni malum qilaman. Yangi ish bilan shug'ullanib ko'rmoqchiman. Bu qarorga kelishim oson bo'lmadi, ammo shunday bo'lishi kerak ekan. 5 yil ajoyib o'tdi, klub bilan o'zimning katta sovrinlarimni qo'lga kiritdim. Bu muhim davr edi. Sizlar doim qalbimda qolasizlar, shuning uchun rahbariyat va murabbiydan keyin bu haqida sizlar ham bilishingizni istadim”, – dedi Grizmann qisqa videosi orqali.

Xayrlashuv – qisqa, lo'nda va qisman sirli bo'ldi. Yozda Grizmanni qaysi klub sotib olishi hali elon qilingani yo'q. Francuz bu haqida “Atletiko” egalariga ham aytgani yo'q. Lekin ortiqcha gap-so'zning nima keragi bor, axir buni hamma biladi-ku: bu "Barselona" bo'ladi, aynan kataloniyaliklar bir yil muqaddam bu transferni amalga oshirishlariga bir bahya qolgandi va ular yangi imkoniyatga ega bo'lishni intizorlik bilan kutmoqdalar. Ispaniyaning asosiy sport nashri — “Marca” bir necha kun avval shunday xabar chop etdi: “Atletiko” o'yinchilari Antuan tez orada “Barselona”ga ketishini anglab etdilar. Mart oyida esa Kataloniyaning “El Mundo Deportivo” gazetasi Grizmann “Kamp Nou”ga borish uchun maoshi pasayishi – hozirgi 23 mln evro o'rniga 16 mln evroga ham rozi ekani haqida xabar bergan edi.



Transfer summasi 120 million evroni tashkil qiladi. Uning "Atletiko" bilan shartnomasidagi tovon puli esa 200 mln evro, lekin 1 iyuldan bu mablag' 120 mln evroga pasayadi va transfer rasman tasdiqlanadi. Muhim: “Atletiko” bu pullarning barchasiga egalik qila olmaydi, faqat 96 million evroni qo'lga kiritadi – 24 mln evro esa “Real Sosedad”ga tegadi. Sababi 5 yil avvalgi kelishuvga ko'ra: agar klub o'yinchini sotib yuborsa, u holda transfer summasining 20%i “Real Sosedad”ga tegishli bo'ladi (klub ushbu pullarni “Anoeta” stadionini qayta tamirlash uchun sarflamoqchi). “As” nashri malumotlariga qaraganda, “Atletiko” o'yinchisi bilan hech qanday xafagarchiliksiz, barchasi uchun minnatdorchilik bildirgan holda xayrlashar ekan. “U keyingi mavsum “Atletiko” o'yinchisi bo'lib qoladi. So'zlari yanada ishonchli chiqishi uchun Sereso qo'shimcha qildi: “Grizmann Messi bilan ajoyib juftlik bo'lishi mumkin. “Atletiko”da”. Xa, biroz oshirib yubordi.

Diego Simeone doim ehtiyotkorlik bilan Grizmanning jamoadagi o'rni haqida gapirib, muammolarni biroz yashirgandek bo'lardi. “Bu mavzu ochilganidan buyon bunga faqat bir xil izoh berdim: unga bu erda yaxshi ekanini ko'ryapman, u hammasidan mamnun, u jamoa sardori, unga bor mehrimizni beramiz. Lekin u nima haqida o'ylayotganini va nima qilmoqchi ekanini bilmaymiz. U biz bilan qolishiga ishonamiz, ammo uni yo'qotishdan ham qo'rqmaymiz. Sababi biror narsani o'zgartirish bizning qo'limizda emas”. SHunday ham bo'ldi. Lekin nega hozir, yozda emas?! Grizmann bahorning boshlarida u haqida bildirilayotgan mish-mishlar unga salbiy tasir ko'rsatayotgani haqida aytgandi: “Har yili o'sha-o'sha gap. Bular hiqildog'imga keldi”. Ana endi uni biroz tinch qo'yishadi. Grizmann endi tinchgina yangi hayotga tayyorgarlik ko'rishi ham mumkin.

Grizmann o'tgan yili “Barselona” safiga o'tishi mumkin edi. Ammo fikridan qaytib, “Qaror” nomli hujjatli filmni namoyish etdi

Insoniyat 2018 yil sportga ixtisoslashgan hujjatli filmlarni qayta kashf qildi. “Yuventus”, “Manchester Siti”, “Boka Xuniors” va hattoki, Angliyaning 3-ligasiga tushib ketayotgan “Sanderlend” klublarining ichki strukturalari haqida ketma-ket filmlar namoyish etildi. Ularning eng omadsizi Grizmann haqidagi 30 daqiqalik “Qaror” hujjatli filmi bo'ldi: U o'zi loyiq bo'lganchalik shon-sharafga erishmadi. Sababi o'sha payt Jahon CHempionati bo'layotgandi – auditoriyaning bor etibori mundialga qaratilgandi. Bunday olib qaraganda, biz "Atletiko" asosiy o'yinchisi hayotining ikki oyini ko'rgandik, boy va yulduzlari porlab turgan "Barselona"ga, CHempionlar Ligasida g'alaba qozonish uchun chaqirishgandi. Kameralar Antuanga aprelda qaratildi va futbolchi yo qo'rqib ketgandi yoki ikkilanib qolgandi: sodiqlik yoki ambiciyalar, jonajon uy yoxud shon-shuxrat, jamoaviy ruh yoki shaxsiy yutuqlar? Bunday vaqtda futbol dunyosiga ochilish, qo'rquvi va hayajonlari bilan o'rtoqlashishning o'zi katta gap. Grizmann esa hech nimani yashirmadi, barchasini ochiqchasiga ko'rsatdi: ayoli bilan suhbatlardan tortib, opasi va shu vaqtning o'zida agenti bilan yozishmalarni ham.



Ushbu shouda Grizmann xayolidan nimalar o'tayotganini bilish mushkul vazifa. Ha, bir yil oldin u qolgandi, lekin ikkilanish va fikrlar o'zgargan bo'lsa ham, qisman bo'lgan xolos. Filmda yaqqol ko'rinib turgan narsa ikkilanishlarning asosiy sababi – sovrinlar yutish niyati. Antuan “Atletiko”da na Ispaniya chempioni bo'ldi va na ECHL g'olibi bo'la oldi. “CHempionlar Ligasi finalida ikki marta mag'lub bo'lish – bu omadsizlik emas, bu yanada kuchliroq bo'lish uchun imkon”, – degandi Grizmann. Aynan shu detalga "Barselona" qattiq urg'u berdi.

2018 yilning 26 aprelida Grizmanning opasi va agenti Mod shunday degandi: “Ularning poziciyasi: asosiy o'yinchi uchun yaxshigina pul ishlab olish. Sening tanloving: yuqori maosh evaziga “Atletiko”da qolish, ammo bu klub bilan ECHL g'olibi bo'lishing ehtimoli kam. Yoki maosh kamroq olsang ham, ECHL g'olibi bo'lishing mumkin bo'lgan jamoa — “Barsa”ga o'tish. Ular sen bilan CHempionlar Ligasida g'olib bo'lishni istashayotganini aytishdi. Sen esa “Atletiko”ga qaraganda, katalonlar bilan bu ishni amalga oshirishing osonroq.

Grizmann polda o'tirib, asabiy holda bir nuqtaga qarab turardi. Keyinchalik u buni faoliyatidagi qiyin davr deb atadi: “Ayniqsa xotinimga og'ir bo'lgan. SHu vaziyat yuzasidan uning fikrini bilish uchun uni tungi uchda uyg'otgandim”.
“Agar sen katalonlar bilan ECHLda g'alaba qozonsang, bir qator g'oliblar orasida bo'lasan. Agar “Atletiko”da bu sovrinni ega chiqsang, tarixda qolasan”, – maslahat bergan edi turmush o'rtog'i Erika.



Ayolining shu fikri qanchadir muddatga amal qilgan ko'rinadi. Grizmann ketmadi. Keyinchalik bir necha intervyularida buning sababini tushuntirishga harakat qildi:

• “Agar uyingda seni yaxshi ko'rishsa, hech qaerga ketishni istamaysan. Men o'zimni qulay his etishim uchun klub vakillari barcha shart-sharoitlarni yaratib berishgan. Hattoki, menga bog'liq loyihalar ham tashkil qilishgan. Men o'zimni jamoaning eng muhim bo'lagidek his qildim va shu sababli klubda qoldim”.

• “Bu saqich tanlash emas: menga unisini bering, yo'q mana bunisini beraqoling degandek. Bu kelajak haqidagi qaror. Siz bir yilni emas, oldindagi to'rt-besh yil haqida qayg'urishingiz zarur. Bu muhim va juda mushkul vazifa”.

• Franciyalik ayniqsa Diego Simeone va bir nechta sheriklarining ishonchini alohida takidlab o'tdi. “Men CHolo va klubdagi bir nechta futbolchilarga ishonaman. Ular o'sishida yordam berib, ular bilan o'z ustimda ishlashni xohlayman”.

• Bundan tashqari, Grizmann gap orasida bu qaroriga “Messining leytenanti” bo'lishni istamasligi tasir o'tkazganini ham aytib o'tdi. Bu haqida “Atletiko” bosh direktori Migel Xil Marin shunday degan: “Grizmann – bizning asosiy o'yinchimiz. “Barselona”da esa Messining qo'l ostidagi xarbiy xizmatning oddiy askari bo'lib qolar edi. U biz bilan ko'p narsaga qodir.

Xo'sh, u holda bir yil ichida nimalar o'zgardi?

“Marca” nashrining malumotlariga qaranda, Grizmann yakuniy qarorga kelishida Diego Godinning klubdan ketgani asosiy sabab bo'lgan. Antuan urugvaylik bilan qalin do'st edi. U ketganidan so'ng franciyalik hech kimga qo'shilmay, kamgap bo'lib qoldi: bir tarafdan – yozda “Inter”ga o'tadigan Godin, boshqa tarafdan – yangi mavsumdan “Bavariya” sharafini himoya qiladigan Lukas Ernandes (aynan u o'tgan yili Grizmanni jamoada qolishga ko'ndirgan edi) klubdan ketib qoldi.



Godin – 2011 yil Simeone qurishni boshlagan bugungi “Atletiko”ning asosiy timsollaridan biri. Raqibni ham, bazan o'zini ham ayab o'tirmaydigan, kezi kelsa natija uchun juda zerikarli futbol namoyish qiladigan jangchilar jamoasi. Aynan shu usul bilan "Atletiko" mamlakatning boshqa jamoalaridan bir pog'ona yuqorilay oldi va "Real" hamda "Barselona"ga yaqinlashib oldi. Ammo u jamoa o'zining eng yuqori cho'qqisidan o'tib bo'ldi va endi unga o'zgartirishlar kiritish emas, butkul boshidan qurish zarur. Godin, Xuanfran, Grizmann – ularning barchasi "Atletiko" bilan xayrlashib ulgurdi. Aytishlaricha, Filipe Luis, Diego Kosta va Ernandes ham yaqinda shu ishni bajaradi.

Godin xayrlashuv so'zlarini aytayotganida, zalda unga qo'shilib Grizmann ham birga yig'lagandi. U "Atletiko" endi avvalgidek bo'lmasligini, o'zgarishlar davri kelganini tushungandi. Eng asosiysi emas, balki salmoqli o'rin egallaydigan yana bir jihati – individual sovrinlar va obro'-etibor. So'nggi yillar davomida ham Grizmann bir necha bor “Oltin to'p” yutgisi borligi haqida aytib o'tdi, ammo yakunda FIFA “The Best” sovrini uchun kuchli uchlikda birorta ham francuz bo'lmaganini bilgach (Modrich, Ronaldu, Salah), g'azabini yashirib o'tirmadi: “Afsus, yilning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar orasida birorta Jahon CHempioni yo'q. “The Best” sovrini FIFA tomonidan topshirilishini inobatga olsak, bu biroz tushunarsiz. Nomzodlar qay yo'l bilan saralanadi bilmayman, bizning qo'limizdan boshqa hech nima kelmaydi”.



2018 yil sentyabr oyida Grizmann o'zini Messi va Ronaldu bilan bir xil darajada ko'rayotganini aytdi: “Men o'yinni o'qiy olish, hujumdagi harakatlarim, himoyalanishda hali yana o'sib, o'yinimni kuchaytirishim mumkin. O'ylashimcha, men yanada ko'p gol urib, samarali uzatmalar bera olaman”. Ammo u Primerada - “Atletiko” safida - atigi 15ta gol urdi. Bu ko'rsatgichni tezroq yaxshilashi kerak. Axir Antuan 28 yoshga to'ldi, vaqt esa juda oz. U statistikasini faqat “Barselona”da oshirishi mumkin. “Barsa” ayni ko'lamdagi transfer kampaniyasi boshlagandi. De Yong allaqachon sotib olingan, de Ligtning kelishi deyarli aniq: “Barselona” aprel oyida Monakoda Mino Rayola bilan uchrashgan va ushba transferga 70 million evro kifoya qilishini aytgan.

Grizmann hali bunday “qimmat o'yinchilar” qurshovida bo'lmagan edi.

Biz bilgan "matraschilar" davri yakunlandi yoxud Grizmann ham ketmoqda
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram