Rasmiy xabar. Mark Vilmots Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:00 – "Manchester Siti" Xosep Gvardiolaga 5 yillik shartnoma taklif qiladi 
  • 14:58 – Firmino mashg'ulotlarga qaytdi 
  • 14:57 – "Real" Toni Kroos borasida rasmiy xabar elon qildi 
  • 14:57 – Gvardiola "Manchester Siti"dagi ishi CHempionlar Ligasi orqali baholanadi deb hisoblaydi 
  • 14:56 – Klopp Ronaldu bilan ishlashni istamadi 
  • 14:55 – Reyting. "Oltin butsa" uchun kurashda Mbappe Messidan o'tib ketishi mumkin, ammo... 
  • 14:54 – Messi faoliyatida oltinchi marta bir mavsumda 50ta va undan ko'p gol urdi 
  • 14:53 – Franciya chempionati ramziy terma jamoasi elon qilindi 
  • 14:53 – Zidan: "Agar menda 4ta o'zgarish imkoniyati bo'lganda ham, Beylni tushirmasdim" 
  • 14:52 – Gattuzo: "Milan"da qolishga umid qilyapman" 

Rasmiy xabar. Mark Vilmots Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Nihoyat, uch oylik tanaffusdan keyin Eron milliy terma jamoasi yangi murabbiyga ega bo'ldi.
Belgiyalik mutaxassis Mark Vilmots Eron futbol federaciyasi taklifiga ko'ra terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda federaciya prezidenti Mehdi Taj rasman keng jamoatchilikka malum qildi.

50 yoshli murabbiy bilan JCH-2022 oxirigacha shartnoma tuzildi. Malum bo'lishicha, Vilmots Eronga ikki nafar yordamchisi bilan tashrif buyuradi hamda Eron FF yiliga har uchala mutaxassis uchun jami 1,5 million dollar miqdorida maosh to'lab beradi. SHuningdek, mahalliy yosh murabbiylardan Javod Nekunam ham terma jamoa murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi.

Xabaringiz bor, Osiyo Kubogi-2019 yakuniga etganidan beri Eron terma jamoasi bosh murabbiysiz qolib kelayotgandi. CHunki Karlush Keyrush allaqachon mamlakatni tark etib, Kolumbiya terma jamoasini qabul qilib oldi. Bu orada eronliklar bir nechta murabbiylar bilan muzokara olib borishdi va yakunda Mark Vilmots varianti ustida to'xtalishdi.

Vilmots yangi ish joyidagi ilk o'yinini Suriya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 6 iyun kuni Tehronda bo'lib o'tadi. SHundan so'ng Eron Seulga safar qilib 11 iyun kuni Janubiy Koreya bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Rasmiy xabar. Mark Vilmots Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram