Yakuniy tur oldidan. "Dortmund" "Bavariya"ning mag'lubiyatiga umid qilmoqda » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:00 – "Manchester Siti" Xosep Gvardiolaga 5 yillik shartnoma taklif qiladi 
  • 14:58 – Firmino mashg'ulotlarga qaytdi 
  • 14:57 – "Real" Toni Kroos borasida rasmiy xabar elon qildi 
  • 14:57 – Gvardiola "Manchester Siti"dagi ishi CHempionlar Ligasi orqali baholanadi deb hisoblaydi 
  • 14:56 – Klopp Ronaldu bilan ishlashni istamadi 
  • 14:55 – Reyting. "Oltin butsa" uchun kurashda Mbappe Messidan o'tib ketishi mumkin, ammo... 
  • 14:54 – Messi faoliyatida oltinchi marta bir mavsumda 50ta va undan ko'p gol urdi 
  • 14:53 – Franciya chempionati ramziy terma jamoasi elon qilindi 
  • 14:53 – Zidan: "Agar menda 4ta o'zgarish imkoniyati bo'lganda ham, Beylni tushirmasdim" 
  • 14:52 – Gattuzo: "Milan"da qolishga umid qilyapman" 

Yakuniy tur oldidan. "Dortmund" "Bavariya"ning mag'lubiyatiga umid qilmoqda

18 may kuni Germaniyada navbatdagi chempion aniqlanadi.
SHu kuni yo "Bavariya" yoki "Borussiya Dortmund" Bundesligada chempionlikni nishonlaydi. Malumki, hozirda jamoalarni ikki ochko ajratib turibdi. "Bavariya" oxirgi turni o'z maydonida "Ayntraxt" klubiga qarshi o'tkazadi. "Dortmund" esa safarda "Borussiya M" mehmoni bo'ladi. Har ikki uchrashuv bir xil paytda - 18:30da boshlanadi.

"Borussiya D" ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatske so'nggi tur oldidan intervyu berar ekan, shunday dedi: "O'tgan turda biz g'alaba qozondik, "Bavariya" durang qayd etdi. Bu esa chempionlikni oxirgi turga qoldirdi. CHempionlik so'nggi turga qolganidan xursandmiz. To'g'risini aytsam, ko'p ham bosimni his qilayotganimiz yo'q. Oxirgi turda ham maydonga tushib, o'z o'yinimizni ko'rsatgan holda g'olib chiqishga harakat qilamiz. Menimcha, hozir "Bavariya" ko'proq bosimda qolgan. Ularni durang ham qoniqtiradi, ammo yutqazib qo'yishlari mumkin".

Xans-Yoaxim Vatske shuningdek, "Bavariya" bilan oradagi farqni ham yodga oldi: "Qishda biz juda yaxshi vaziyatda edik. "Bavariya"dan 9 ochkoga ilgarilab ketgandik. Ammo keyinchalik raqib bizni quvib o'tdi. Endilikda hammasi oxirgi turga qoldi. Hammasi 18 may kuni hal bo'ladi". "Borussiya Dortmund" bosh murabbiyi Lyusen Favr ham barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilmoqda: "Biz Myonxengladbaxda g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz. Men bu jamoani oldin boshqarganman va ularni yaxshi bilaman".

Qizig'i shundaki, "Ayntraxt" ham "Bavariya" ustozi Niko Kovachning sobiq jamoasi hisoblanadi va u ham frankfurtliklarni juda yaxshi biladi. Yana bir qiziq fakt shuki, agar "Bavariya" chempionlikni qo'lga kiritsa, jamoa 2000 yildan beri birinchi marta chempionlikni o'z maydonida nishonlagan bo'ladi. Vaholanki, bungacha "Bavariya" 12 bor Bundesligada zafar quchgan bo'lib, hamma chempionlik safar o'yinlarida qo'lga kiritilgan.

SHunday ekan, 18 may kuni nima voqealar ro'y berishini kutamiz.
Yakuniy tur oldidan. "Dortmund" "Bavariya"ning mag'lubiyatiga umid qilmoqda
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram