O'zbekiston OTJ Andijon va Namanganda Misr OTJ bilan o'ynaydi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:00 – "Manchester Siti" Xosep Gvardiolaga 5 yillik shartnoma taklif qiladi 
  • 14:58 – Firmino mashg'ulotlarga qaytdi 
  • 14:57 – "Real" Toni Kroos borasida rasmiy xabar elon qildi 
  • 14:57 – Gvardiola "Manchester Siti"dagi ishi CHempionlar Ligasi orqali baholanadi deb hisoblaydi 
  • 14:56 – Klopp Ronaldu bilan ishlashni istamadi 
  • 14:55 – Reyting. "Oltin butsa" uchun kurashda Mbappe Messidan o'tib ketishi mumkin, ammo... 
  • 14:54 – Messi faoliyatida oltinchi marta bir mavsumda 50ta va undan ko'p gol urdi 
  • 14:53 – Franciya chempionati ramziy terma jamoasi elon qilindi 
  • 14:53 – Zidan: "Agar menda 4ta o'zgarish imkoniyati bo'lganda ham, Beylni tushirmasdim" 
  • 14:52 – Gattuzo: "Milan"da qolishga umid qilyapman" 

O'zbekiston OTJ Andijon va Namanganda Misr OTJ bilan o'ynaydi

Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Mazkur Osiyo chempionatida dastlabki uchta o'rinni egallagan terma jamoalar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Mana shu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Olimpiya terma jamoasi uchun sparring raqiblar topish bo'yicha muzokaralar olib borildi. Unga ko'ra joriy yilning iyun oyida Misr olimpiya terma jamoasi mamlakatimizga tashrif buyuradi. 9 iyun kuni Andijonda, 11 iyun kuni esa Namanganda Lyubinko Drulovich shogirdlari Misr OTJga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi.

Misr olimpiya terma jamoasining so'nggi o'rtoqlik o'yinlaridagi qaydnomasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, tarkibda Belgiyaning "Gent", Qohiraning "Al-Ahli", Iskandariyaning "Al-Ittihod" kabi kuchli klublar vakillari borligini ko'rish mumkin.

Darvozabonlar: Umar Saloh ("Zamalek"), Umar Radvan ("Al-G'una"), SHahob Xolid ("Al-Dahliya").

Himoyachilar: Mahmud Al-G'azzor ("Al-Ahli"), Usoma Jalol ("Makassa"), Mahmud Marey ("Vadi Degla"), Marvon Al-Nagar ("Al-Ittixad"), Ahmad Abu Fotih ("Zamalek"), Karim Eleraki ("Al-Masri"), Abdulvahhob Ismoil ("Mokavlun").

Yarim himoyachilar: Ahmad Hamdi, Akram Tovfiq, Nosir Mohir (barchasi "Al-Ahli"), Ahmad Bekxem ("Vadi Degla"), Vagix abd Al-Hakim ("Ismoiliya"), Ahmad Mustafo ("Gent" Belgiya), Muhab Yosir ("Nogum"), Ibrohim abd Al-Kavi ("Smuxa"), Yusuf Al-Gavhariy ("Mokavlun").

Hujumchilar: Ahmad Rayyan, Karim Volid Nedved (ikkisi - "Al-Ahli"), Tohir Muhammad ("Mokavlun"), Nosir Mensi ("Payramids"), SHerif Reda ("Smuxa"), Abdulla ("Al-Jaish").
O'zbekiston OTJ Andijon va Namanganda Misr OTJ bilan o'ynaydi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram