Yurgen Klopp: "Qolgan uchrashuvlarni yuta olamizmi? Harakat qilib ko'rish kerak" » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 08:49 – Pochettino: “Mening o'yinchilarim - qahramon” 
  • 08:48 – Emerik Laport: “Borimizni berdik, bu jamoa bilan faxrlanaman” 
  • 08:47 – “Manchester Siti”-“Tottenxem”. Mussa Sissoko jarohat oldi 
  • 08:47 – ECHL. Hafta o'yinchisi nomiga davogarlar ham elon qilindi 
  • 08:46 – ECHL. Yarim finalning barcha ishtirokchilari malum! 
  • 08:45 – "Manchester Siti" g'alaba qozonib, ECHL bilan hayrlashdi! 
  • 08:45 – "Liverpul" mehmonda "Portu"ni yirik hisobda taslim etdi 
  • 08:44 – ECHL. Manchester Siti – Tottenhem uchrashuvi musobaqa rekordini o'rnatdi 
  • 08:42 – Salohning agenti nashrlardan birining tarqatgan malumotini "safsata” deb atadi 
  • 08:41 – Agar ertaga "Nasaf" mag'lub etilsa, "Andijon" futbolchisiga "Jentra" avtomobili sovg'a qilinadi 

Yurgen Klopp: "Qolgan uchrashuvlarni yuta olamizmi? Harakat qilib ko'rish kerak"

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) fikr bildirdi.
O'yin haqida: Juda yaxshi o'yin, quchli raqibga qarshi o'ynash qiyin bo'ldi. O'ylashimcha, malum zonalarda hukmronlik qildik, o'yin suratini yaxshi ushlab turdik. Biz harakat qildik, uzatmalar berdlik va g'alaba qozondik — qo'limizdan kelgan deyarli barcha ishni bajardik.

— Salahning golini qanday baholaysiz?

— Salah qoyilmaqom gol urdi, jahon darajasidagi gol. Juda, juda yaxshi gol. Har tomonlama sevimli gol.

— Xendersonni Jerrardga solishtirishning imkoni bormi?

— Stivni faqat inson sifatida bilaman. Uning etakchilik hislati haqida fikrim yo'q. Xenderson esa klub uchun tajovuzkor sardor. Jamoaga kelgan birinchi kunimdan beri buni unga ko'p bor takidlaganman. Oxirgi uch o'yinda uni "yonganini" ko'rdik va bu yaxshi albatta.

— CHempionlik poygasi haqida nima deya olasiz? Qolgan hamma o'yinda g'alaba qozonish mumkinmi?

— Albatta, harakat qilib ko'ish kerak. "Kardiff"ni APLda jon saqlab qolish uchun tish tirnog'i bilan harakat qilayotganini bilamiz. Bugun juda muhim o'yin edi, chunki "CHelsi" - o'ta kuchli jamoa. Ishonib bo'lmas g'alabaga erishdik", - deya Kloppning so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Yurgen Klopp: "Qolgan uchrashuvlarni yuta olamizmi? Harakat qilib ko'rish kerak"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram