Superliga. “Lokomotiv” AGMK ustidan irodali g'alabaga erishdi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 08:49 – Pochettino: “Mening o'yinchilarim - qahramon” 
  • 08:48 – Emerik Laport: “Borimizni berdik, bu jamoa bilan faxrlanaman” 
  • 08:47 – “Manchester Siti”-“Tottenxem”. Mussa Sissoko jarohat oldi 
  • 08:47 – ECHL. Hafta o'yinchisi nomiga davogarlar ham elon qilindi 
  • 08:46 – ECHL. Yarim finalning barcha ishtirokchilari malum! 
  • 08:45 – "Manchester Siti" g'alaba qozonib, ECHL bilan hayrlashdi! 
  • 08:45 – "Liverpul" mehmonda "Portu"ni yirik hisobda taslim etdi 
  • 08:44 – ECHL. Manchester Siti – Tottenhem uchrashuvi musobaqa rekordini o'rnatdi 
  • 08:42 – Salohning agenti nashrlardan birining tarqatgan malumotini "safsata” deb atadi 
  • 08:41 – Agar ertaga "Nasaf" mag'lub etilsa, "Andijon" futbolchisiga "Jentra" avtomobili sovg'a qilinadi 

Superliga. “Lokomotiv” AGMK ustidan irodali g'alabaga erishdi

Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – AGMK o'yini bo'lib o'tdi.
O'yinning 3-daqiqasida AGMK hujumchisi Zafar Polvonov hisobni ochdi - 0:1. Bahsning 12-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovning zarbasi noaniq ketdi.

21-daqiqada Arslonmurod Amanovning uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. 23-daqiqada Amanovning burchakdan uzatgan to'pini Anzur Ismoilov darvozaga yo'lladi, biroz noaniq.

27-daqiqada AGMK gol urgandi. Biroq Pirimovning goli vaqtida darvozabonga qarshi fol ishlatildi. Bunga etiroz bildirgan Boburbek Yuldoshev esa sariq kartochka ishlab oldi.

38-daqiqada G'ofurovning qanotdan uzatgan to'piga Abduxoliqov boshi bilan zarba berdi. Ammo zarbaga aniqlik etishmadi. 39-daqiqada AGMKdan xavfli hujum. Mirjamol Qosimovning yaqin masofadan bergan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

43-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi - 1:1.

45-daqiqada Islom To'xtaxo'jaev burchakdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobni o'zgartirdi - 2:1.

60-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov darvozabon bilan birga bir holatga chiqib borib, zarba berdi. Zarbaga kuch va aniqlik etishmadi.

71-daqiqada Yovan Jokichning xavfli zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi. Keyingi daqiqada Zafar Polvonovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

90-daqiqada Aziz Amonovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

“Lokomotiv” – AGMK 2:1
14 aprel 2019 yil. Toshkent. TTYMI stadioni. 1819 tomoshabin.
Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Abdurashid Hudoyberganov.
Nazoratchi: G'ayrat Karimov.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.
Gollar: Zafar Polvonov 3, - 0:1. Temurxo'ja Abduxoliqov 43, - 1:1. Islom To'xtaxo'jaev 45, - 2:1.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Davron Hoshimov, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzaev, Arslonmurod Amanov (Azizbek Amonov, 46), Husniddin G'ofurov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Zaxira: Mamur Ikromov, Azizbek Haydarov, Filip Rayevac, Avazbek O'lmasaliev, Bobur Ergashev, Diyor Turopov, Igor Yelich.

AGMK: Akbar To'raev, Akmal SHorahmedov, Dilshod Jo'raev, Boburbek Yuldashev, Saydullo Rahmatov, Mirolyub Kostich (Sardor Rahmonov, 46), Murodbek Toshmatov (Kamron Saidazimov, 46), Mirjamol Qosimov (Jasur Hakimov, 70), Zohir Pirimov, Jasur Hasanov, Zafar Polvonov.
Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Sanat SHixov, Mirg'iyos Sulaymonov, G'ulom Haydar G'ulomov, SHahboz Umarov, SHerzod Fayziev.

Ogohlantirishlar: Boburbek Yuldashev 27.
Superliga. “Lokomotiv” AGMK ustidan irodali g'alabaga erishdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram