"Nasaf" matbuot xizmati kechagi o'yindagi holat bo'yicha izoh berdi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 08:49 – Pochettino: “Mening o'yinchilarim - qahramon” 
  • 08:48 – Emerik Laport: “Borimizni berdik, bu jamoa bilan faxrlanaman” 
  • 08:47 – “Manchester Siti”-“Tottenxem”. Mussa Sissoko jarohat oldi 
  • 08:47 – ECHL. Hafta o'yinchisi nomiga davogarlar ham elon qilindi 
  • 08:46 – ECHL. Yarim finalning barcha ishtirokchilari malum! 
  • 08:45 – "Manchester Siti" g'alaba qozonib, ECHL bilan hayrlashdi! 
  • 08:45 – "Liverpul" mehmonda "Portu"ni yirik hisobda taslim etdi 
  • 08:44 – ECHL. Manchester Siti – Tottenhem uchrashuvi musobaqa rekordini o'rnatdi 
  • 08:42 – Salohning agenti nashrlardan birining tarqatgan malumotini "safsata” deb atadi 
  • 08:41 – Agar ertaga "Nasaf" mag'lub etilsa, "Andijon" futbolchisiga "Jentra" avtomobili sovg'a qilinadi 

"Nasaf" matbuot xizmati kechagi o'yindagi holat bo'yicha izoh berdi

Kecha Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mazkur o'yinning oxirgi daqiqalarida "Markaziy" stadionga kelgan muxlislar maydonga turli buyumlarni uloqtirishdi. Ushbu uchrashuv onlayn matnli translyaciyasini olib borgan SHahboz Beg'amov ham bu holatni yozib o'tgan edi.

Bu borada biz "Nasaf" klubi matbuot xizmati bilan bog'landik.

"Kechagi o'yinning oxirgi daqiqalarida bo'lib o'tgan voqeadan barchamiz afsusdamiz. Uydagi har bir o'yinda 20dan ortiq kamera orqali muxlislarni kuzatib boriladi. Kechaning o'zida 4 nafar tartibsizlik qilgan muxlis qo'lga olindi va ular bilan tushuntirish ishlari o'tkazildi.

"Nasaf" xavfsizlik xizmati vakillari tartibsizlikda qatnashgan qolgan shaxslarni ham topib ularga nisbatan tegishli choralarni qo'llaydi.

"Nasaf" klubi "Navbahor" klubi va uning muxlislaridan uzr so'raydi hamda PFLning har qanday qarorini hurmat qiladi", - deydi "Nasaf" matbuot xizmati.
"Nasaf" matbuot xizmati kechagi o'yindagi holat bo'yicha izoh berdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram