OFK saytida Osiyo Kubogida urilgan eng chiroyli gol aniqlandi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 00:40 – PSJning asosiy yarim himoyachisi klub bilan shartnomasini uzaytirdi 
  • 00:39 – Karikatura: "Milan"da Iguain va Pentekning farqi 
  • 23:31 – Karim Benzema: "Franciya termasi jamoasidan chaqiruv kutmayapman" 
  • 23:31 – Argentinada Emiliano Sala bilan xayrlashishdi, hatto "Kardiff" bosh murabbiyi ham tashrif buyurdi 
  • 23:30 – Mourino Franciya chempionati doirasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi 
  • 23:29 – Gvardiola Saulni "Manchester Siti"da ko'rishni istamoqda 
  • 23:28 – Solari: "Uch ochko yo'qotdik" 
  • 23:28 – Skoulz: "Sulsher endi bosh murabbiy bo'lishga loyiq" 
  • 23:27 – A Seriya. Hakam VAR orqali SPAL urgan golni bekor qilib, jamoa darvozasi tomon penalti belgiladi 
  • 23:26 – "ECHLda g'olib bo'lish uchun "Yuventus"da barcha narsa bor" 

OFK saytida Osiyo Kubogida urilgan eng chiroyli gol aniqlandi

OFK rasmiy sayti muxlislar o'rtasida Osiyo Kubogida kiritilgan eng chiroyli golni aniqlash borasida so'rov o'tkazdi.
OFK saytida Osiyo Kubogida urilgan eng chiroyli gol aniqlandi
So'rov natijalariga ko'ra, Vetnam terma jamoasi futbolchisi Nguen Kuang Xai tomonidan Yaman darvozasiga urilgan gol eng chiroyli deb topildi. Ushbu yarim himoyachi o'z golini jarima to'pidan so'ng kiritgandi.
Qizig'i shundaki, finalda Almuaz Ali tomonidan chalqancha usulda yo'llangan ajoyib zarba ham eng chiroyli gol bo'la olmadi. SHuningdek, Eldor SHomurodovning Yaponiya darvozasiga kiritgan to'pi ham unchalik ko'p ovoz yig'madi.
Endi nima uchun vetnamlik futbolchining goli eng chiroyli deb topilganiga kelsak, bu golni OFK eng yaxshi deb topmadi, balki muxlislar saytga kirib faqat vetnamlik o'yinchiga ovoz berishgan. Bu esa birinchi bor ro'y bergani yo'q. Esingizda bo'lsa, o'tgan yil Xitoyda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida eng ham yang chiroyli gol vetnamlik shu futbolchiga nasib etgandi. O'shanda ham uning finalda jarima to'pidan bizga urgan goli eng yaxshi deb topilgandi.

Vaholanki, Aziz G'aniev yoki Jasur Yaxshiboev tomonidan kiritilgan gollar oldida bu gol u qadar etni jimirlatib yubormaydi. Ammo ularning yutug'i shundaki, vetnamlik muxlislar internetda juda faol. Masalan, OFK sayti Osiyo Kubogining eng chiroyli golini aniqlash uchun so'rovni qo'yganidan beri o'tgan 9 kun ichida jami 215,854 ovoz kelib tushgan bo'lsa, birgina vetnamlik futbolchining o'ziga 105,139 ta ovoz berilgan. Natijada u 49 foiz bilan birinchi o'rinni egalladi.

Bu borada ikkinchi o'rin xitoylik Vu Leyga nasib etdi. Uning Filippin darvozasiga kiritgan goli 78,647 ovoz to'pladi. Bu esa 36 foiz deganidir. Taqqoslash uchun Almuaz Alining finalda Yaponiyaga urgan chiroyli goli atigi 2 foiz ovoz yig'gan. Bu esa yuqorida aytib o'tganimizdek, vetnamlik va xitoylik muxlislarning internetda nihoyatda faol ekanini ko'rsatadi. CHunki boshqa sabab ham ko'rinmayapti.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram