Intervyu. Diyor Imomxo'jaev - Qura, mukofot pullari, stadionlar va "Nasaf" haqida » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 00:40 – PSJning asosiy yarim himoyachisi klub bilan shartnomasini uzaytirdi 
  • 00:39 – Karikatura: "Milan"da Iguain va Pentekning farqi 
  • 23:31 – Karim Benzema: "Franciya termasi jamoasidan chaqiruv kutmayapman" 
  • 23:31 – Argentinada Emiliano Sala bilan xayrlashishdi, hatto "Kardiff" bosh murabbiyi ham tashrif buyurdi 
  • 23:30 – Mourino Franciya chempionati doirasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi 
  • 23:29 – Gvardiola Saulni "Manchester Siti"da ko'rishni istamoqda 
  • 23:28 – Solari: "Uch ochko yo'qotdik" 
  • 23:28 – Skoulz: "Sulsher endi bosh murabbiy bo'lishga loyiq" 
  • 23:27 – A Seriya. Hakam VAR orqali SPAL urgan golni bekor qilib, jamoa darvozasi tomon penalti belgiladi 
  • 23:26 – "ECHLda g'olib bo'lish uchun "Yuventus"da barcha narsa bor" 

Intervyu. Diyor Imomxo'jaev - Qura, mukofot pullari, stadionlar va "Nasaf" haqida

1 mart kuni Superliga bahslari start oladi.
Intervyu. Diyor Imomxo'jaev - Qura, mukofot pullari, stadionlar va "Nasaf" haqida
Ammo hozirga qadar 2019 yilgi mavsumda Superligada nechta jamoa ishtirok etishi va qura tashlash marosimi qachon bo'lib o'tishi aniq emas. SHu va boshqa masalalar haqida PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaevdan intervyu oldik.

- Superliga uchun qura tashlash marosimi qachon bo'ladi?
- Qura marosimi PFL o'tkazadigan uch musobaqa ishtirokchilari to'liq aniq bo'lganidan keyin o'tkaziladi. Ligada qancha klub ishtirok etishi unda o'ynashi kerak bo'lgan 12 ta klubning o'ziga bog'liq. Talablarni bajargan klub bemalol ishtirokini davom ettirishi mumkin. Biroq hozirgacha "Qizilqum"dan boshqa klublar ishni to'la yakunlab ulgurmagan. Qura tashlash marosimi rejamiz bo'yicha 20-25 fevral oralig'ida bo'lib o'tadi.

- 2019 yilgi Superligada o'ynaydigan klublar soni qachon aniq bo'ladi?
- Superligada aytaylik hamma narsasi bor bo'lgank klub bor — "Nasaf". Mana shu klub rahbariyati OFK licenziyalash talabini eng kech bajarib (shunda ham PFL talabi ostida), shartli ravishda licenziyalashdan o'tkazilgandi. PFL licenziyasi masalasida ham "Nasaf" faol emas. Buning sababini tushunish qiyin. "Nasaf"da shunday bo'lganidan keyin, qolgan klublarni tasavvur qiling. Ularda ham yili bo'lgani kabi licenziyalashdan baribir o'tib ketamiz degan tasavvur bor, menimcha. Bu yil shunday bo'lmasligi uchun PFL maksimal darajada harakat qiladi. Kerak bo'lsa 10 ta klub bilan ham Superligani o'tkazish mumkin.

- Vodiy klublari "Qo'qon-1912", "Navbahor" va "Andijon"ning uy stadionlarida katta tamirlash ishlari davom etmoqda. Bu klublar mavsumni qaysi stadionda boshlashadi?
- PFL avval vada qilganidek, stadionini yaxshilash ustida ish olib borayotgan klublarga birinchi davraning ko'p uchrashuvlarini safarda o'tkazish uchun imkoniyat yaratib beriladi. SHuningdek, ular boshqa stadiondan ijara asosida foydalanib turishlari ham mumkin. Stadioni talabga javob bermaydigan va shuni bilsa ham hech qanday o'zgarishga qo'l urmagan jamoalar yaxshisi ligaga qo'yilmaydi.

- Birinchi davraning ko'p uchrashuvlarini safarda o'tkazish degani masalan "Andijon" taxminan 6ta o'yinni faqat safarda o'tkazadi deganimi? Agar shunday bo'lsa stadioni tayyor bo'lgan "Qizilqum", "Lokomotiv" yoki "Paxtakor"ga nisbatan adolatsizlik bo'lmaydimi? CHunki bu klublar ikkinchi davrani faqat safarda o'tkazishlariga to'g'ri kelib qoladi.
- Yoki adolat yoki yaxshi maydon. Siz aytayotgan adolat natija uchun, to'g'rimi? Bizga natija muhimmas, kim nechanchi o'rinni olishi bilan ishimiz yo'q. Biz uchun natija akademiya va stadion.

- Ko'plab klublarni qiziqtirayotgan savol: O'tgan yil uchun mukofot pullari qachon beriladi?
- Mukofot pullari ligalarda o'ynaydigan jamoalar aniq bo'lib, ular o'z futbolchilari, xodimlari va PFL oldidagi qarzlaridan qutilgach, jamoalarga beriladi. Moliyaviy masalalar bo'yicha javobgarlar buning ustida ishlayapti.

- PFL yangi reglamentga 1997 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilarning o'ynashini majburiy qilib qo'ydi. Bu OTJ bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich talabi bilan bo'lgani va olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarning o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun qilingani tushunarli. Ammo xudo ko'rsatmasinu mart oyidagi saralashda jamoamiz muvaffaqiyatsiz ishtirok etsa, bu talab yil oxirigacha o'zgarishsiz qolaveradimi?
- Boshqa choramiz yo'q. Biz (PFL) bunday bo'lmasligi uchun kurashdik. O'FA shunday talab qo'ydi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram