Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Ertaga Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyuradi

Ertaga, 28 yanvar "Real" hamda Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos Toshkentga keladi.
Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan Karlos Toshkent vaqti bilan 09:30da Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro aeroporti"ga etib keladi. Roberto Karlo shu kuni turli tadbirlarda ishtirok etadi.

Jumladan, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O'FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu erning o'zida faxriy futbolchilar ishtirokida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to'p suradi.
Soat 15:00da Roberto Karlos A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u erdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg'alar taqdim qiladi. Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qo'mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.
O'FA yurtimizdagi barcha OAVni ushbu tadbirlarga taklif qildi.
Ertaga Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyuradi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar