"Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 22:15 – Valverde terma jamoasiga chaqirilmagan o'yinchilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqchi bo'ldi, ammo hech kim kelmadi 
  • 21:10 – "Inter" himoyachisining agenti: "Mijozimni "Real" va "Barselona" xarid qilmoqchi" 
  • 20:20 – Argentina murabbiyi: "Ikardi bilan sodir bo'layotgan voqealar bizni qoniqtirmaydi" 
  • 20:20 – Derrik Pereyra: "Biz hali taslim bo'lganimiz yo'q. Tojikiston bilan eng yaxshi o'yinimizni namoyish etamiz" 
  • 20:19 – Omar Momanidan yangi karikatura: Pogbaning orzusi "Real"da o'ynashmi?! 
  • 20:19 – Joau Felish: "Katta klublarda o'ynashni orzu qilaman" 
  • 19:27 – Karikatura: Van Deyk va Mustafi murabbiylarini qanday himoya qilishmoqda?! 
  • 19:26 – Ektor Kuper: "G'alaba bilan mag'lubiyat doim yonma-yon" 
  • 19:26 – Ertaga A va B Pro-liga uchun qura tashlanadi 
  • 19:25 – "Real"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi nomi malum bo'ldi 

"Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda

O'zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda. O'FAning buyurtmasiga asosan “Nasaf” klubiga qarashli Qarshidagi “Markaziy stadion maydonining ishchi xodimlari bu borada katta hajmda mehnat qilishyapti. Stadion maysasini zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelish uchun maydonga xorijdan tayyor chim olib keltiriladi.
"Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda

Ayni paytda maydonning chimi 20-40 sm o'lchamida o'yib olinib (turli o'lchamdagi platmassa quvurlardan iborat maydon drenajlari esa 50-60 sm chuqurlikda joy olgani uchun usta va texnika hadovchisidan hushyorlik talab etyapti) tashqariga olib chiqilyapti. Chuqurlik o'rni maxsus moslamalar, qum va unumli tuproq aralashmasi bilan to'ldirilgach, ustiga chet eldan keltirilgan tayyor tabiiy chim yotqiziladi. Xalqaro talablarda ko'rsatilganidek, maydonning chekkasiga nisbatan o'rta hududi 20 sm balandlikda joylashishi zarur. Shuhratbek Suyunov rahbarligidagi ustalar bu borada ham o'z mahoratlarini ishga solib, maydon holatini talabga javob beradigan holatga olib kelish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishadi.

Nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizning bosh futbol arenasi hisoblangan “Milliy” stadioni yangi mavsumda milliy va boshqa terma jamoalarimizning bir qator xalqaro turnirlarini qabul qilishga tayyor bo'ladi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: UFA.uz
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram